Hindistonlik milliarder bir kunda 11 milliard dollaridan ayrildi

Hindistonlik milliarder bir kunda 11 milliard dollaridan ayrildi

Bugun “Adani Group” va “Hindenburg Research” o‘rtasida dahanaki jang boshlandi. Chunki Hindiston konglomeratining ba’zi ro‘yxatga olingan kompaniyalari aksiyalari keskin pasayishda davom etdi. Nyu-Yorklik faol investor millatchilikdan “firibgarlik”ni yashirish uchun qalqon sifatida foydalanishga urinayotganlikda ayblandi.

Hindistonda bozorlar ochilishidan biroz oldin sodir bo‘lgan mazkur voqeada, “Hindenburg Adani Group”ning da’volariga 413 sahifalik raddiya bilan javob qaytargan.

Hindenburg Adanining qimmatli qog‘ozlar va valyuta qonunlarini buzganlikda ayblashini rad etdi va kompaniya buzilgan qonunlarni aniqlay olmaganini keltirib o‘tdi.

Konglomerat Hindenburg hisoboti "qimmatli qog‘ozlarning soxta bozorini yaratish" uchun “yashirin maqsad” bilan ishlab chiqilganligini, bu sotuvchiga “noqonuniy yo‘llar orqali katta moliyaviy daromad olish” imkonini berishini iddao qilgan.

Mahalliy investorlarni tinchlantirish va jamoatchilik qo‘llab-quvvatlashiga erishish uchun Adanining bayonoti Hindenburg’ning da’vosini Hindistonga hujum sifatida ko‘rsatishga harakat qildi. Bayonotda shunday deyilgan: “Bu shunchaki biron bir kompaniyaga asossiz hujum emas, balki Hindistonga, Hindiston institutlarining mustaqilligi, yaxlitligi va sifatiga, Hindistonning o‘sish tarixi va ambisiyalariga hujumdir”.

Adanining Hindistonga hujum haqidagi argumentiga javoban Hindenburg shunday dedi: “Aniq ayta olamizki, biz Hindiston demokratik, kuchli va buyuk kelajagi bor davlat ekanligiga ishonamiz. Shuningdek, biz Hindistonning kelajagi Adani guruhi tomonidan ushlab turilganiga ishonamiz, u Hindiston bayrog‘iga burkanib, mamlakatni muntazam ravishda talon-taroj qilgan”.

Hisob-kitoblarga ko‘ra, Gautam Adanining boyligi yil boshida 85,7 milliard dollarni tashkil etib, u sayyorada to‘qqizinchi o‘rinda turadigan eng boy odam edi. Biroq, bugun u bir necha soat ichida 11 milliard dollar yo‘qotdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!