Hindistonlik erkak boshida “iblis” shoxi o‘sib chiqdi (foto)

Hindistonlik erkak boshida “iblis” shoxi o‘sib chiqdi (foto)

Hindistonning Sagar (Madha-Pradesh shtati) shahrida istiqomat qiluvchi erkakning boshida o‘sib chiqqan “iblis” shoxi olib tashlandi. Shoxning uzunligi 10 santimetrdan ziyod bo‘lgan, deya yozadi Daily Mail.

​Nashr ma’lumotlariga qaraganda, o‘simta erkakning boshida taximinan besh yil ilgari qattiq zarbadan so‘ng paydo bo‘lgan.

Erkakning o‘zi uning “shoxi” unga qiyinchilik tug‘dirmaganini bildirgan. U sartaroshdan uni arralab qisqartishni so‘ragan. Biroq o‘simta o‘sishda davom etgan va u shifokorlarga murojaat qilishga majbur bo‘lgan.

Amaliyot muvaffaqiyatli o‘tgan va hozirda bemorning ahvoli yaxshi.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!