Hindistonda TikTok va WeChat taqiqlandi

Hindistonda TikTok va WeChat taqiqlandi

Hindiston hukumati Xitoyning Tik Tok ijtimoiy tarmog‘i, UC Browser brauzeri va WeChat messenjerini taqiqladi. Bu haqda mamlakat hukumati matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, "Hindiston suvereniteti va yaxlitligi, mudofaa qobiliyati, xavfsizligi va jamoat tartibiga zarar yetkazadigan ilovalar" ro‘yxati tuzilgan.
 
Ushbu ro‘yxatdan jami 59ta ilova joy olgan.

Asosan Xitoyda ishlab chiqarilgan ilovalar mobil va boshqa qurilmalarda bloklanadi.

Taqiqlangan ilovalar ro‘yxatiga Kwai, Baidu map, Clash of Kings, Mi Community, Club Factory, UC News, Weibo, QQ Music, Mobile Legends kabi ilovalar kiritilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!