Hindistonda ro‘y bergan yong‘inda kami 14 kishi halok bo‘ldi

Hindistonda ro‘y bergan yong‘inda kami 14 kishi halok bo‘ldi

Hindiston sharqidagi Jxarxand shtatidagi ko‘p qavatli binoda sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida kamida 14 kishi, jumladan, o‘n nafar ayol va uch bola halok bo‘ldi.

Qayd etilishicha, yana o‘nga yaqin jabrlanuvchi shifoxonaga yetkazilgan.

Hodisa 31 yanvar kuni kechqurun Dxanbad shahrida sodir bo‘lgan. Mahalliy polisiya ma’lumotlariga ko‘ra, yong‘in to‘y bo‘layotgan vaqtda sodir bo‘lgan. Qutqaruvchilar vayronalar ostidan odamlarni topish bo‘yicha qidiruv ishlarini olib borishdi.

Bu so‘nggi ikki kun ichida mintaqada sodir bo‘lgan ikkinchi yong‘indir. 28 yanvar kuni qariyalar uyidagi yong‘inda besh kishi halok bo‘ldi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!