Hikmatilla Ubaydullayev: "20 ta nashrni tanlab olib, boshqa bosma gazeta, jurnallarni yopish kerak"

Hikmatilla Ubaydullayev: "20 ta nashrni tanlab olib, boshqa bosma gazeta, jurnallarni yopish kerak"

3-may jahon matbuot erkinligi kuni munosabati bilan Zoom platformasida bo‘lib o‘tgan debatda gazetalarni kuchaytirish masalasiga ham to‘xtalib o‘tildi. Unda ishtirok etgan AOKAning sobiq matbuot kotibi, hozirda O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi Markaziy Kengash raisining inqiroziy piar menejment bo‘yicha maslahatchisi Hikmatilla Ubaydullayev bir qator takliflarni kiritib o‘tdi. 

Uning ta’kidlashicha, bosma gazetalar, va jurnalarni top 20-30 taligini tanlab olish kerak. Tanlash nashr adadi, jurnal va gazetaning chop etilishining muntazamligi (periodichnost), qancha jurnalist ishlashi va u yerda chop etilgan materiallar muammoni xal kilganmi yo‘qmi kabi kriteriylar asosida bo‘lishi kerak. Bu gazeta, jurnallar tanlab olingandan so‘ng ularga aniq strategiya tuzilishi kerak. 
Tanlangan jurnal va gazetalar ham bosma, ham onlayn ish faoliyatini olib borishi kerak. 
Boshqa bosma gazeta, jurnallarni esa yopish kerak.

Ularni digital marketga o‘tkazish kerak.
«Taklifim ular uchun yagona bir onlayn minbar ochilishi 
va ushbu sayt, balki milliy mass-mediani rivojlantirish fondi tomonidan, yoki boshqa fondlardan boshlang‘ich moliyaviy ko‘mak bilan ta’minlanishi kerak», dedi Ubaydullayev.

- Yagona arxiv uchun bir sayt qilinsa, u yerda onlayn va bosma nashrlarda chiqqan yaxshi materiallarni qancha ko‘p odam o‘qigani va muhokamaga chorlaganiga, jamoatchilik fikriga ta’sir qila olganiga qarab saralab olinishi va maxsus platformaga joylanishi kerak. 

Uning taklif kiritishicha, bu yerda jurnalistlar bazasi ham bo‘ladi, FIO, rasmi, qisqacha biografiyasi, qaysi nashrlarda ishlagan, va materiallari kabilar...

Yana bir taklif yoshlar masalasida bo‘ldi. 
 Bo‘lajak jurnalistlar uchun yagona platforma bu yoshlar Ittifoqi yaratgan sayt UReport. Bu saytga jurnalistika yo‘nalishi talabalari va jurnalistikaga qiziqqan talabalar o‘z qalamlarini tekshirishlari va  amaliyot o‘tashlari mumkin, agar yozgan materiallari yaxshi bo‘lsa, bu kelajakda boshqa yirik saytlarga ishga o‘tishiga ham imkon yaratadi. 

Bu bilan biz jurnalistlarni kadrlar zaxirasini yaratamiz, va tizimni yoshlar bilan  to‘ldirib boramiz, dedi Hikmatilla Ubaydullayev.

Uning qayd etishicha, bugun viloyatlarda jurnalistlar mavqei ancha past. 
Poytaxtda jurnalistlar va blogerlarning obro‘si nisbatan ko‘tarildi. Ularni odamlar, rahbarlar tanishni boshladi. Viloyatlarda, tumanlarda xaligacha vaziyat og‘ir. Viloyatlarda jurnalist va blogerlar tanqid yozishdan, qo‘rqishadi, ichki senzura bor ularda. 

Shu muammoni xal kilish uchun, viloyat va tumandagi jurnalist, blogerlar bilan kurslar, markazlar tashkil kilib, ular orasidan yangi qiyofalarni olib chiqish kerak. Har bir viloyatda kamida 10 nafar o‘zbek va rus tilida yozadigan jurnalistlarni yo‘naltirilgan ko‘mak bilan qo‘llab quvvatlash kerak.

@jurnalistikauzbek


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!