Hayotimizni boshqaradigan yetti oyat

A A A
Hayotimizni boshqaradigan yetti oyat

Qur’oni karim insonlar, xususan iymon keltirganlar va mutaqqiylar uchun ikki dunyo saodati manbaidir. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga vahiy tushirilgan Qur’oni karimda marhamat qilinganidek: Odamlarga hidoyat hamda hidoyatu furqondan iborat ochiq bayonotlar bo‘lib, Qur’on tushirilgandir (Baqara surasi 185-oyat). Bu ma’nodagi ogohlantirishlar Qur’oni karimda ko‘p uchraydi: Bu kitobda shak-shubha yo‘q, u taqvodorlarga hidoyatdir (Baqara surasi, 2-oyat). Ey odamlar! Sizga o‘z Robbingizdan mav’iza, ko‘ksingizdagi narsaga shifo, mo‘minlarga hidoyat va rahmat keldi (Yunus surasi, 57-oyat). Shuning uchun ham musulmonlar Qur’oni karimni ibodatlar, namoz, ro‘za va boshqa farzlarni o‘rganish, baxt-saodatli hayot kechirish hamda Allohning rahmati va mag‘firatiga muyassar bo‘lish uchun o‘qishi kerak.

Oyatlarida keltirilgan haqni botildan ajrata oladigan (furqon), Allohdan qo‘rqadigan (mutaqqiy)lar yo‘l ko‘rsatuvchi bo‘ladi va musulmonning kundalik hayotida aks etadi. Shuning uchun ham musulmonning hayotida Qur’oni karimning ahamiyati muhim.

Quyida mo‘minlar uchun ikki saodat manbai bo‘lgan Qur’oni karimdagi hayotimizni izga soladigan oyatlardan yettitasini sanab o‘tamiz. Zotan, U zot O‘z bandasiga sizlarni zulmatlardan nurga chiqarish uchun ravshan oyatlarni tushiradir. Va, albatta, Alloh sizlarga shafqatli va rahmlidir (Hadid surasi, 9-oyat).

1. Har ishda Alloh roziligiga erishishni niyat qilish.

Qur’oni karim musulmonning hayotida hamma narsadan avval Alloh roziligiga erishish asosiy maqsad bo‘lishini ta’kidlaydi: Sen: Albatta, mening namozim, ibodatlarim, hayot va mamotim olamlarning Robbi Alloh uchundir (An’om surasi, 162-oyat).

2. Insonlarni mazax qilmaslik va yomon gumonlardan chekinish.

Inson atrof-jamiyat bilan bog‘liq bo‘lgani uchun har doim bir-biri bilan chiroyli muomala qilishi kerak. Afsuski, bugun g‘iybat, o‘zgalarni mazax qilish, laqab qo‘yish, gunohlarni ochish kabi xunuk ishlar ko‘payganidan jamiyatning iymon-e’tiqodi qay darajada ekanini ko‘rish qiyin emas. Bu borada Alloh azza va jaala Qur’oni karimda bandalarini shunday ogohlantiradi: Ey iymon keltirganlar! Bir qavm boshqasini masxara qilmasin, ehtimol ular bulardan yaxshiroqdir. Va ayollar ham boshqa ayollarni (masxara qilmasin), ehtimol ular bulardan yaxshiroqdir. Va o‘zingizni o‘zingiz mazax qilmang, bir-biringizga laqab qo‘ymang. Iymondan keyin fosiqlik ismi naqadar yomon ! Va kim tavba qilmasa, bas, ana o‘shalar o‘zlari zolimlardir (Hujurot surasi, 11-oyat).

3. Yaxshilik va taqvoda musobaqalashish.

Jamiyatda o‘zaro ishonch va hamjihatlikni qaror toptirish uchun Qur’onda yaxshilik va taqvoda o‘zaro musobaqalashish buyuriladi: Yaxshilik va taqvo yo‘lida hamkorlik qiling. Gunoh va dushmanlik yo‘lida hamkorlik qilmang. Allohga taqvo qiling. Albatta, Alloh iqobi shiddatli zotdir (Moida surasi, 2-oyat). Oyatning so‘ngida Allohning shiddatli jazosini eslatish bilan, yaxshilik va taqvoda musobaqalashish, yomonlik va dushmanlikdan esa tiyilish kerakligi uqtiriladi.

4. Qavm-qarindosh va yo‘qsillarni himoya qilish.

Alloh roziligiga erishishning yo‘llaridan biri, atrofimizdagi yo‘qsil-muhtojlar va qavm-qarindoshlarning hol-ahvolidan xabardor bo‘lish, Alloh bergan rizq-nasibadan ularga oshkora yoki maxfiy sarflanishi va yomonlikka yaxshilik qilish bilan o‘rtadan adovat va kinni o‘chirish kabi fazilatli munosabatlar bilan fayzli bo‘ladi. Bas, qarindoshga, miskinga va yo‘l o‘g‘liga haqqini ber. Ana shu Allohning yuzini iroda qilganlar uchun xayrlidir. Va ana o‘shalar najot topguvchilardir (Rum surasi, 38-oyat).

Albatta, sadaqa qiluvchi erkagu ayol hamda Allohga qarzi hasana beruvchilarga (savob) ko‘paytirib berilur. Ularga karamli ajr ham bor (Hadid 18-surasi).

Ular Robbilari yuzini ko‘zlab, sabr qilarlar. Namozni to‘kis ado etarlar, Biz ularga rizq qilib bergan narsadan maxfiy va oshkora infoq qilarlar va yomonlikni yaxshilik ila qaytararlar. Ana o‘shalarga oqibat diyori bordir (Ra’d surasi 22-oyat).

5. Savdoda hiylakor bo‘lmaslik

Qur’oni karimda o‘zaro munosabatlarda ta’kidlangan tamoyillardan biri savdo-sotiqda odamlarning haqiga rioya qilish. Ayni paytda yer yuzida korrupsiya, poraxo‘rlik, insonlarning haq-huquqi toptalayotgani, buzg‘unchiliklar avj olayotgani, yo‘qsillar, qashshoq-faqirlar ko‘payayotgani, bu oyatni jiddiy mulohaza qilishga undamasmikan? Bugun moliyaviy inqiroz jahon miqiyosida ko‘p behalovatliklarga sababchi bo‘layotgan ekan, insoniyat bu muammoga quyidagi oyat bilan yechim topishi kerak:

Va to‘g‘ri tarozi ila tortinglar. Odamlarning narsalarini kamaytirib bermang. Yer yuzida turli buzg‘unchiliklar qilmanglar (Shuaro surasi, 182 183-oyatlar). Vayl (voy) bo‘lsin, o‘lchovdan urib qoluvchilarga! (Mutaffifin surasi, 1-oyat). Bu kabi buzg‘unchilik va aldov hukmron jamiyatda musulmonlarning o‘ziga xos xususiyati esa: Ular omonatlariga va ahdlariga rioya qiladiganlardir (Ma’orij surasi, 32-oyat) degan eslatmadagi vasflarga ega bo‘lishdir.

6. Adolat

Qur’ondagi ogohlantirish va eslatmalar ba’zan juda qisqa tuyusa-da, mulohaza qilgan sari ma’nosi kengayib boraveradi. Xuddi shunday, ba’zan bir jumlada bir-biriga aloqasi bo‘lmagan holatlar keltirilgandek ko‘rinsa, bizga ularning o‘zaro bog‘liqligini ta’kidlaydi. Jumladan, oyatda adolatli bo‘lish, yaxshilik qilish yaqinlarga yordamlashishning birgalikda kelishi bularning hammasi bir-biri bilan bog‘liq ekaniga ishora bersa, hayosizlik va yomonlikdan qaytarish esa adolatsizlik va yomonlik qilish behayolik degan ma’noni anglatadi: Albatta, Alloh adolatga, ehsonga, qarindoshlarga yaxshilik qilishga amr etadir va fahshu munkar hamda zulmkorlikdan qaytaradir. U sizlarga va’z qilur. Shoyadki, eslasangiz ( Nahl surasi, 90-oyat).

7. Hayotning haqiqiy mazmunini bilish.

Yashashndan maqsad nimaligini bilish va shu niyatda iymoniy umrda yashamoq kerak.

Bu dunyo hayoti faqat o‘yin-kulgidan iboratdir. Agar bilsalar, oxirat diyori, ana o‘sha haqiqiy hayotdir (Ankabut surasi, 64-oyat). Va har qanday holatda ham mana bu oyatni unutmasligimiz kerak: Har bir jon o‘limni topajakdir. So‘ngra Bizgagina qaytarilursiz (Ankabut surasi, 57-oyat).

Alloh taolo qalblarimizni hidoyat nuri bilan munavvar qilsin, dunyo hayotida chin bandalik ta’mini his ettirib, Huzuriga yorug‘ yuz bilan chorlasin! Umrimizni xayrli, amallarimizni maqbul, xotimamizni go‘zal qilsin. Omin!

Manba: islom.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Mashhur aktyor o‘z kvartirasidan o‘lik holda topildi

Унинг энг эсда қоларли ролларидан бири Жим Керри ва Кэмерон Диаз билан бирга суратга тушган "Ниқоб" фильмидаги гангстер Дориан Тирелл роли эди.

FIFA Argentina terma jamoasini 2026 yilgi jahon chempionatidan chetlashtirishi mumkin

Бу ҳақда La Nacion газетаси хабар бермоқда.

DIQQAT! «Damas» va «Labo» haydovchilari ogoh bo‘ling!

Унга кўра, ўтказилган текширувлар натижасида мазкур маҳсулотларнинг сифати амалдаги стандарт талабларига жавоб бермаслиги аниқланган.

Qarshida saunada faoliyat yuritgan fohishaxona aniqlandi

Махсус тадбир пайтида у порaнинг бир қисми ва ашёвий далиллар билан ушланган.

FIFA JCH-2026 qur’asi yuzasidan O‘zbekistonga murojaat qildi

ФИФА матбуот хизмати 2026 йилги жаҳон чемпионати қуръаси натижаларидан кейин Инстаграм орқали Ўзбекистон терма жамоасига мурожаат қилди.

Ming afsus! AQShdagi otishmada o‘zbek talaba halok bo‘ldi

Бу ҳақда Ташқи ишлар вазирлиги расмий вакили маълум қилиб, марҳумнинг оила аъзолари ва яқинларига чуқур ҳамдардлик билдирган.

Messi Bollivud yulduzi Shohrux Xon bilan uchrashdi (foto)

Аргентина терма жамоаси ва "Интер Майами" юлдузи Лионель Месси Ҳиндистонга 3 кунлик ташриф билан келди.

O‘zbekistonlik futbolchi faoliyatini Yevropa klubida davom ettirishga yaqin

Абдуғани Камолов Қирғизистоннинг “Бишкек Сити” клубини тарк этиб, Косово чемпионати вакили билан шартнома имзолаши кутилмоқда. Бу ҳақда Asia-Sport.uz телеграм канали хабар берди.

Slot bilan mojaro yakunlanganidan keyingi dastlabki o‘yindayoq Saloh APL rekordini o‘rnatdi

"Ливерпуль" форварди Муҳаммад Салоҳ АПЛнинг 16-туридан ўрин олган "Брайтон"га қарши ўйинда бир клуб сафида энг кўп голларда иштирок этиш бўйича Англия Премьер-лигаси рекордини ўрнатди.

"Neftchi" bomba transferlar tayyorlamoqda

Суперлиганинг амалдаги чемпиони "Нефтчи" келаси мавсумда ҳам ўз олдига юқори мақсадлар қўймоқда.

2026 yilda oylik, stipendiya, pensiya va nafaqalar oshiriladi

Пенсия тўловларига 86,1 трлн сўм, нафақаларга 14 трлн сўмдан ортиқ маблағ ажратилиши кутилмоқда.

O‘zbekiston bo‘ylab sovuq antisiklon va inversiya uzoqroq davom etadi

Мамлакат ҳудудида кузатилаётган совуқ антициклон таъсири 5 декабрга қадар сақланиб туриши кутилмоқда. Демак, 5 декабрь кунига қадар ёмғирдан дарак йўқ.

Temur Kapadze Indoneziya terma jamoasida qancha maosh oladi?

Ўзбекистон миллий терма жамоаси собиқ бош мураббийи Темур Кападзе Индонезия термасида иш бошлашга яқин турибди.

Fabio Kannavaro Italiya U-17 - O‘zbekiston U-17 o‘yiniga munosabat bildirdi

Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро бугунги Ўзбекистон U-17 - Италия U-17 ўйини олдидан ўз Instagram саҳифасига пост жойлади.

Sibirdan Orol dengiziga suv yo‘naltirilishi mumkin

Бу ташаббус “Қуруқлик сув ресурслари” бўйича илмий кенгашининг октябрь ойидаги йиғилишида кўриб чиқилган.

Bekobodda piyodani urib yuborib kanalga tashlagan IIB xodimiga xotini ham yordam bergan

Бекобод шаҳар ИИБ катта тезкор вакили мast ҳолда Nexia’да пиёдани уриб кетиб, жабрланувчига ёрдам кўрсатмаган.

To‘satdan kartangizdan pul yechilsa, hayron bo‘lmang!

ATTO компанияси хабар беришича, 3–4 декабрь кунлари амалга оширилган йўл ҳақи учун кечиктирилган тўловлар тизим томонидан ечиб олина бошлайди. ​Сабаби техник носозликлар бўлиб, баъзи тўловлар аввалроқ ечилмай қолган. ​Қўрқманг! Бу хатолик эмас, фақат ўша кунларда сарфлаган ҳақиқий суммагина ечилади.

Finlandiya tashvishda: "Agar Ukraina bo‘yicha tinchlik kelishuviga erishilsa..."

Финландия бош вазири Петтери Орпо мамлакат иқтисодиёти жуда ёмон аҳволда эканини, бунинг асосий сабаби Россия томонидан келаётган таҳдидлар билан боғлиқлигини айтди.

Ishonch yoki yuqotish: Donbassning taqdiri nima bo‘ladi?

Сўровномада қатнашганларнинг фақат 9 фоизи Россиянинг босқини 2026 йил бошигача тугайди деб ўйлайди.

Putin ayrim shaxslarning mablag‘larini cheklash to‘g‘risidagi qonunni imzoladi. Ular kimlar?

Ҳукумат Марказий банк билан келишилган ҳолда, оила аъзоларининг ҳар бири учун ойига 10 минг рубль миқдорида лимит белгилаган.

Namanganda 23 nafar bolaga noqonuniy diniy ta’lim bergan erkak ushlandi

У диний билимларни ижтимоий тармоқлардаги номаълум манбалардан мустақил ўрганган бўлиб, расмий диний маълумотга эга бўлмаган.

«Qirg‘iziston aeroportlari» beshta xizmatdan chiqqan samolyotni auksionga qo‘ydi

Айни пайтда ушбу самолётлар «Манас» халқаро аэропорти ҳудудида жойлашган.

Kuchli yomg‘ir G‘azodagi “Al-Shifo” shifoxonasi va ko‘chirilganlar chodirlarini suv ostida qoldirdi

Табиий офат натижасида юзлаб чодирлар вайрон бўлган.

Zelenskiy Berlindagi muzokaralardan so‘ng “tinchlik rejasi” bo‘yicha keyingi qadamlarni ochiqladi

Бу учрашув келаси ҳафтанинг охирига қадар бўлиши мумкин.

Ukraina aholisining ko‘pchiligi Donbassni Rossiyaga berishni istamaydi hamda Zelenskiyga ishonadi — Kiyev xalqaro sosiologiya instituti

Институт томонидан ўтказилган сўровнома иштирокчиларининг 72 фоизи қуйидаги шартларни ўз ичига олган тинчлик режасига рози бўлиши мумкинлигини билдирган: урушни ҳозирги фронт чизиғида “музлатиб қўйиш” ва Украина учун хавфсизлик кафолатлари — аммо оккупация қилинган ҳудудларни расман Россияники деб тан олмасдан. 14 фоиз иштирокчи бундай режани ҳам рад этган.

AQShlik mashhur rejissyor Rob Rayner va uning rafiqasi uyida o‘lik holda topildi

АҚШлик машҳур кинорежиссёр Роб Райнер ва унинг турмуш ўртоғи Мишель Райнер Лос-Анжелесдаги ўз уйида ўлик ҳолда топилди.

Germaniya TIV rahbari Rossiyani «NATOga qarshi urushga tayyorgarlik ko‘rishda» aybladi

Германия ташқи ишлар вазири Йоханн Вадефуль Россияни «агрессив ва империалистик сиёсат» юритишда айблаб, Москва НАТОга қарши урушга тайёргарлик кўраётганини билдирди.

Kolumbiyada maktab avtobusi halokatga uchradi

Губернаторнинг сўзларига кўра, ўқувчилар якшанба куни кечқурун пляжда битирув маросимини нишонлаган.

Bekobodda IIB xodimi mashinada odam o‘ldirib qo‘yib, Sirdaryoga oqizib yuborgani aytilmoqda

Бекобод туманида ИИБ Жиноят қидируви бўлими ходими Nexia-3 автомашинасида 43 ёшли пиёдани уриб юбориб, унинг ўлимига сабаб бўлган.

Tramp Vashingtonda g‘alaba arkasi qurilishini e’lon qildi — CNN

АҚШ президентининг айтишича, арка Париждагига ўхшаш кўринишда, лекин ўлчамлари “бошқа аркаларни соясида қолдирадиган” даражада улкан бўлади.

Marokashdagi kuchli suv toshqinlari 37 kishining hayotiga zomin bo‘ldi

14-декабр куни Марокашнинг Сафӣ шаҳрида кучли ёмғирлар оқибатида сув тошқинлари юз берди.

Avstraliya hukumatlari qurol to‘g‘risidagi qonunlarni kuchaytirishni rejalashtirmoqda

Австралия бош вазири Энтони Албанезе Сиднейдаги Бонди-бич соҳилида содир этилган, 15 нафар инсон ҳалок бўлган ҳужумдан сўнг мамлакатда қурол тўғрисидаги қонунларни кучайтириш таклифи билан чиқди.

Los-Anjelesda Rob Rayner uyida ikki kishi o‘lik holda topildi

Лос-Анжелесда голливудлик актёр ва режиссёр Роб Райнерга тегишли уйда бир эркак ва бир аёл ўлик ҳолда топилди, деб хабар бермоқда маҳаллий оммавий ахборот воситалари.

Rossiya Belgiyaning Euroclear kompaniyasidan muzlatilgan aktivlar uchun qariyb 230 milliard dollar talab qilmoqda

Бу ҳақда ТАСС агентлиги хабар берди, деб ёзади «Европача правда».

Sidneydagi terrorchining qo‘lidan avtomatni tortib olgan erkakning ahvoli qanday?

Бироқ шундан сўнг террорчи кўприк томонга қочиб, бошқа қуролдан яна ўқ узишни давом эттирган.

Sidneydagi otishmada ravvin halok bo‘ldi

Полиция ҳужумнинг учинчи эҳтимолий иштирокчисини ҳибсга олди

G‘allaorol va Zafarobodda kelinlik sarpolari MIB tomonidan olib berildi

Аёллар ўзларига тегишли бўлган сарполарни собиқ турмуш ўртоқларининг уйларидан олиб кетишга уринганларида қаршиликка учраганлар.

Sidneydagi otishmani uyushtirganlardan biri pokistonlik muhojirmi?

Исроил ташқи ишлар вазири Гидеон Саар Сиднейдаги теракт сабаб чуқур қайғуда эканини билдирди

Sudanda armiyani qo‘llab ommaviy namoyishlar o‘tkazildi

Суданнинг бир нечта шаҳарларида минглаб одамлар армияни қўллаб кўчаларга чиқди. Бу намойишлар, давлат органлари чақирувига биноан, мамлакатдаги ҳарбий ҳаракатларни қўллаб-қувватлаш мақсадида ташкил этилди.

BMTdagi Falastinaning doimiy vakili: Isroil etnik tozalash va hujumlarni kuchaytirishni davom ettirmoqda

Исроил фаластин халқига нисбатан «ҳужумларнинг кучайиши»ни давом эттирмоқда. Бу жараёнга ишғол қилинган Ғарбий соҳил ҳамда Ғазо секторида ерларни босиб олиш, шунингдек «этник тозалаш» сиёсати ҳам киради.