Haydovchi orqa yon oynaga parda o‘rnatsa, jazolanishi kerakmi?

A A A
Haydovchi orqa yon oynaga parda o‘rnatsa, jazolanishi kerakmi?

Yozning jazirama kunlarida haydovchilar uchun quyoshdan saqlanish muammoga aylanadi. Quyoshdan saqlanishning yaqinda qonuniylashtirilgan yo‘li, bu - 18 mln so‘m evaziga 1 yillik avtomashina oynasi tusini o‘zgartirish (qoraytirish) huquqini sotib olish. Shu o‘rinda, IIV mutasaddilarining pul to‘lamay (yoki to‘lay olmagan) oynasini qoraytirgan mashina egasini potensial jinoyatchiga tenglashtirish haqidagi fikrlarini ortiqcha izohsiz qoldiramiz.

Bugun mavzu boshqa: mashinaning orqa yon oynasiga parda o‘rnatish mumkinmi?

Amaldagi Yo‘l harakati qoidalariga binoan, M1 toifadagi (engil) avtomobillarning orqa oynasiga chiy parda va darparda o‘rnatishga ruxsat berilgan. Ammo orqa yon oynalarga (tushunarli bo‘lishi uchun qisqa qilib «orqa eshik» deymiz) parda o‘rnatishga-chi, ruxsat yoki taqiq bormi? Yo‘l patrul xizmati xodimlarining orqa eshikka parda o‘rnatilgani uchun (parda ko‘tarilmasa ham) jarimaga tortishi qanchalar asosli?

Jazo belgilanganmi?

Avvalo orqa eshikka parda o‘rnatganlik uchun qanday jazo borligini ko‘rib chiqish kerak. Boisi, har qanday taqiq ham jazo mavjudligini anglatmaydi. Misol uchun, 2011 yilda jamoat joylarida tamaki mahsulotlarini iste’mol qilishga yo‘l qo‘yilmasligi belgilansa-da, mazkur qilmish uchun jarima 2015 yil 29 dekabrda joriy qilindi. Bu esa amalda 4 yil davomida javobgarliksiz jamoat joylarida tamaki iste’mol qilish mumkin bo‘lganligini ko‘rsatadi.

Xo‘sh, orqa eshikka parda o‘rnatgan haydovchilarni qanday jazo kutib turibdi? Amaliyotda bu kabi holat Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 126-moddasi bilan javobgarlikka asos bo‘lmoqda.

Ammo biz ushbu qarorga qo‘shilmaymiz! Fikrimizcha, orqa eshikka parda o‘rnatganlik uchun qonunchilikda jazo belgilanmagan.

E’tibor bering, MJtK 126-moddasida qayd etilishicha:

«Texnik reglamentga muvofiq bo‘lmagan ko‘zgusimon va (yoki) tusi o‘zgartirilgan (qoraytirilgan) oynali transport vositalaridan, xuddi shuningdek haydovchining o‘rnidan tevarak-atrofni ko‘rishni cheklaydigan qo‘shimcha narsalar o‘rnatilgan yoki qoplamalar surtilgan transport vositalaridan foydalanish, bundan oynalar tusini o‘zgartirish (qoraytirish) uchun tegishli ruxsatnoma berilgan transport vositalari mustasno, eng kam ish haqining yigirma besh baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘ladi».

Ko‘zgusimon va tusi o‘zgartirilgan oyna, bu – «tonirovka» degani. Pardaga doir cheklovlar «haydovchining o‘rnidan tevarak-atrofni ko‘rishni cheklaydigan qo‘shimcha narsalar o‘rnatilgan» (ruscha variantida «transportnix sredstv, na kotorix ustanovleni dopolnitelnie predmeti ili naneseni pokritiya, ogranichivayushiye obzornost s mesta voditelya») degan qismiga tushadi.

Bu kabi taqiq «Avtotransport vositalari konstruksiyasining foydalanish shartlari bo‘yicha xavfsizligi to‘g‘risida»gi umumiy texnik reglamentning 73-bandi ikkinchi xatboshisida, shuningdek «Transport vositalaridan foydalanishni taqiqlovchi shartlar»ning 7.3-bandida ham belgilangan.

1-XULOSA: Haydovchining o‘rnidan tevarak-atrofni ko‘rishni cheklaydigan qo‘shimcha narsalar o‘rnatish mumkin emas.

Xo‘sh, «haydovchining o‘rnidan tevarak-atrof» deganda qaysi hududlar tushuniladi? Orqa eshik oynasi ham haydovchining o‘rnidan tevarak-atrof hisoblanadimi?

Afsuski milliy qonunchiligimizda «haydovchining o‘rnidan tevarak-atrof» atamasiga ta’rif berilmagan. O‘zbekiston Respublikasida amalda bo‘lgan («O‘zstandart» agentligi imzolagan) GOST 33988-2016 «Avtomobilnie transportnie sredstva. Obzornost s mesta voditelya. Texnicheskiye trebovaniya i metodi ispitaniy» (Motor vehicles. Visibility from driver's seat. Technical requirements and test methods) davlatlararo standartning 2.12 bandiga muvofiqhaydovchining joyidan tevarak-atrof ko‘rinishi maydonining ustki chegarasi deb, haydovchi ko‘zlari va jami maydonining ostki chegarasini tashkil qiladigan, uchta boshqa tekisliklar darajasida o‘tadigan, gorizontal tekislik orasida joylashgan, 180 gradus sektorda old ko‘rinishning shartli maydoni hisoblanadi.

Bu haqida «O‘zstandart» agentligining fuqarolarga yo‘llagan rasmiy javob xatlari ham qo‘limizda mavjud.

2-XULOSA: Haydovchining joyidan tevarak-atrof deb, haydovchi ko‘zlari va jami maydonining ostki chegarasini tashkil qiladigan, 180 gradus sektorda old ko‘rinishning shartli maydoni hisoblanadi.

Xo‘sh, orqa eshik oynasi «haydovchining o‘rnidan tevarak-atrof» maydoniga tushadimi yoki yo‘qmi? Buni ko‘z oldimizga keltirish uchun quyidagi suratga e’tiboringizni qarating.

«Haydovchining o‘rnidan tevarak-atrof» maydoniga sariq rang bilan bo‘yalgan qism kiradi, xolos. Ya’ni 180 gradus sektorda old ko‘rinish mana shu qism hisoblanadi.

Keyingi suratda esa, haydovchining o‘rnidan ko‘rinish aks etgan.

3-XULOSA: «Haydovchining o‘rnidan tevarak-atrof» maydoniga orqa eshik oynalari kirmaydi!

Shu o‘rinda, haydovchilarimizni chalg‘itishi mumkin bo‘lgan holatga aniqlik kiritish lozim.

Yuqorida qayd etilganidek, «Avtotransport vositalari konstruksiyasining foydalanish shartlari bo‘yicha xavfsizligi to‘g‘risida»gi umumiy texnik reglamentning 74-bandi ikkinchi xatboshisida hamda «Transport vositalaridan foydalanishni taqiqlovchi shartlar»ning 7.4-bandida engil avtotransport vositalarining orqa oynasiga chiy parda va darparda o‘rnatishga ruxsat etiladi.

Ammo ushbu qoida ruxsat beruvchi mazmundagi norma hisoblanadi, lekin taqiqlovchi qoida emas. Ya’ni yengil avtomobillarning orqa oynalariga parda o‘rnatish ruxsat berilgani, ammo bu orqa eshik oynalariga parda o‘rnatish taqiqlanganini anglatmaydi.

Tushunarli bo‘lishi uchun oddiy bir misol. Aytaylik, biror hujjatda Qirg‘izistonga vizasiz chiqishga ruxsat beriladi, deb yozilgan bo‘lsa, bu Qozog‘istonga vizasiz chiqish taqiqlanadi, degan ma’noni bildirmaydi.

4-XULOSA: Qonunchilikda orqa eshik oynalariga parda o‘rnatish uchun taqiq mavjud emas!

Mavjud xulosalarni umumlashtirgan holda aytish mumkinki, avtomashinaning orqa eshik oynalariga parda o‘rnatganlik haydovchini MJtKning 126-moddasi bilan javobgarlikka tortishga asos bo‘lmaydi.

Desertiga: ijtimoiy tarmoqlardagi xat

Maqolani tayyorlash chog‘ida ijtimoiy tarmoqlarda IIV Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi boshlig‘i Xolmatjon Saydaliyev imzosi bilan hududiy boshqarmalarga chiqarilgan xat tarqab ketdi. Xat mazmunidan ayon bo‘lishicha, transport vositalari yon oynalarini sochiq yoki quyoshni to‘suvchi boshqa materiallar bilan vaqtincha yopib qo‘yilgan holatlar yuzasidan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilmaslik haqida ko‘rsatma berilgan. Ushbu xatning haqiqiyligi haqida qo‘limizda ishonchli dalillar mavjud.

Ushbu xat ham yuqoridagi fikrimizni qisman isbotlab turibdi. Xatda aytilganidek, mashinaning (u xoh uzoq yo‘lga, xoh yaqin yo‘lga yurayotgan bo‘lsin) orqa eshik oynalari sochiq yoki boshqa materiallar bilan to‘silgan bo‘lsa, bu harakatga hech qanday xavf keltirib chiqarmaydi va jarimaga ham tortilmaydi.

Mantiqiy xulosa qilish mumkinki, orqa eshikka o‘rnatiladigan pardalar ham xavf tug‘dirmaydi. Chunki odatda orqa eshikdagi pardalar ham vaqtinchalik bo‘ladi, ya’ni qachon kerak payti (jazirama issiqda) ko‘tarib qo‘yiladi, quyosh yo‘q paytda tushirib qo‘yiladi.

QAT’IY ESLATMA: yuqorida qayd etganlarimiz bizning shaxsiy fikrimiz bo‘lib, rasmiy maqomga ega emas. «Maqolada orqa eshikka parda o‘rnatish mumkin, deyilibdi», deya o‘zboshimchalik qilib, 5 mln so‘m jarima to‘lab o‘tirmang.

Aslida muammo javobgarlikning yo‘qligida emas, balki qonun normalarining noto‘g‘ri talqin etilishida. Shu boisdan, maqola yuzasidan mutasaddilarning tezkor munosabati va asoslantirilgan fikrini kutib qolamiz.

Huquqshunos Xushnudbek Xudayberdiyev

Manba: kun.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Mashhur aktyor o‘z kvartirasidan o‘lik holda topildi

Унинг энг эсда қоларли ролларидан бири Жим Керри ва Кэмерон Диаз билан бирга суратга тушган "Ниқоб" фильмидаги гангстер Дориан Тирелл роли эди.

FIFA Argentina terma jamoasini 2026 yilgi jahon chempionatidan chetlashtirishi mumkin

Бу ҳақда La Nacion газетаси хабар бермоқда.

DIQQAT! «Damas» va «Labo» haydovchilari ogoh bo‘ling!

Унга кўра, ўтказилган текширувлар натижасида мазкур маҳсулотларнинг сифати амалдаги стандарт талабларига жавоб бермаслиги аниқланган.

Qarshida saunada faoliyat yuritgan fohishaxona aniqlandi

Махсус тадбир пайтида у порaнинг бир қисми ва ашёвий далиллар билан ушланган.

FIFA JCH-2026 qur’asi yuzasidan O‘zbekistonga murojaat qildi

ФИФА матбуот хизмати 2026 йилги жаҳон чемпионати қуръаси натижаларидан кейин Инстаграм орқали Ўзбекистон терма жамоасига мурожаат қилди.

Messi Bollivud yulduzi Shohrux Xon bilan uchrashdi (foto)

Аргентина терма жамоаси ва "Интер Майами" юлдузи Лионель Месси Ҳиндистонга 3 кунлик ташриф билан келди.

Slot bilan mojaro yakunlanganidan keyingi dastlabki o‘yindayoq Saloh APL rekordini o‘rnatdi

"Ливерпуль" форварди Муҳаммад Салоҳ АПЛнинг 16-туридан ўрин олган "Брайтон"га қарши ўйинда бир клуб сафида энг кўп голларда иштирок этиш бўйича Англия Премьер-лигаси рекордини ўрнатди.

Hududlar “ertami kechmi” baribir Moskvaga tegishli bo‘ladi

Путиннинг ёрдамчиси Донбассдан ҳар икки томоннинг қўшинлари олиб чиқилишини истисно қилмади, бироқ ҳудудлар “эртами кечми” барибир Москвага тегишли бўлишини айтди. Юрий Ушаков

"Neftchi" bomba transferlar tayyorlamoqda

Суперлиганинг амалдаги чемпиони "Нефтчи" келаси мавсумда ҳам ўз олдига юқори мақсадлар қўймоқда.

"Men bunday Yevropaning bir qismi bo‘lishni istamayman"

Бу ҳақда Роберт Фицо ўзининг Facebookдаги саҳифасида ёзди.

2026 yilda oylik, stipendiya, pensiya va nafaqalar oshiriladi

Пенсия тўловларига 86,1 трлн сўм, нафақаларга 14 трлн сўмдан ортиқ маблағ ажратилиши кутилмоқда.

O‘zbekiston bo‘ylab sovuq antisiklon va inversiya uzoqroq davom etadi

Мамлакат ҳудудида кузатилаётган совуқ антициклон таъсири 5 декабрга қадар сақланиб туриши кутилмоқда. Демак, 5 декабрь кунига қадар ёмғирдан дарак йўқ.

Temur Kapadze Indoneziya terma jamoasida qancha maosh oladi?

Ўзбекистон миллий терма жамоаси собиқ бош мураббийи Темур Кападзе Индонезия термасида иш бошлашга яқин турибди.

Fabio Kannavaro Italiya U-17 - O‘zbekiston U-17 o‘yiniga munosabat bildirdi

Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро бугунги Ўзбекистон U-17 - Италия U-17 ўйини олдидан ўз Instagram саҳифасига пост жойлади.

Sibirdan Orol dengiziga suv yo‘naltirilishi mumkin

Бу ташаббус “Қуруқлик сув ресурслари” бўйича илмий кенгашининг октябрь ойидаги йиғилишида кўриб чиқилган.

Zelenskiy Ukraina Qurolli kuchlarini yakuniy mag‘lubiyatga olib kelishi mumkin

Бу ҳақда Швейцария Бош штабининг истеъфодаги подполковниги Ральф Боссхард айтиб ўтди.

Sadir Japarov beligacha qor yoqqaniga qaramay maktabga qatnayotgan o‘quvchini prezident archasiga taklif qildi

Маълумотга кўра, болакай Ош вилоятининг Коо-Чати қишлоғида яшайди ва 4-синфда таҳсил олади.

«Dahshatli summalar»: AQSh biznesi Rossiyaga qarshi sanksiyalar tufayli qancha yo‘qotgani ma’lum bo‘ldi

Бу ҳақда Россиядаги Америка савдо палатаси (AmCham) раҳбари Роберт Эйжи RTVI’га берган интервьюсида маълум қилди.

Bekobodda IIB xodimi mashinada odam o‘ldirib qo‘yib, Sirdaryoga oqizib yuborgani aytilmoqda

Бекобод туманида ИИБ Жиноят қидируви бўлими ходими Nexia-3 автомашинасида 43 ёшли пиёдани уриб юбориб, унинг ўлимига сабаб бўлган.

O‘zbekistonlik futbolchi faoliyatini Yevropa klubida davom ettirishga yaqin

Абдуғани Камолов Қирғизистоннинг “Бишкек Сити” клубини тарк этиб, Косово чемпионати вакили билан шартнома имзолаши кутилмоқда. Бу ҳақда Asia-Sport.uz телеграм канали хабар берди.

Kolumbiyada maktab avtobusi halokatga uchradi

Губернаторнинг сўзларига кўра, ўқувчилар якшанба куни кечқурун пляжда битирув маросимини нишонлаган.

Tramp Vashingtonda g‘alaba arkasi qurilishini e’lon qildi — CNN

АҚШ президентининг айтишича, арка Париждагига ўхшаш кўринишда, лекин ўлчамлари “бошқа аркаларни соясида қолдирадиган” даражада улкан бўлади.

Marokashdagi kuchli suv toshqinlari 37 kishining hayotiga zomin bo‘ldi

14-декабр куни Марокашнинг Сафӣ шаҳрида кучли ёмғирлар оқибатида сув тошқинлари юз берди.

Avstraliya hukumatlari qurol to‘g‘risidagi qonunlarni kuchaytirishni rejalashtirmoqda

Австралия бош вазири Энтони Албанезе Сиднейдаги Бонди-бич соҳилида содир этилган, 15 нафар инсон ҳалок бўлган ҳужумдан сўнг мамлакатда қурол тўғрисидаги қонунларни кучайтириш таклифи билан чиқди.

Los-Anjelesda Rob Rayner uyida ikki kishi o‘lik holda topildi

Лос-Анжелесда голливудлик актёр ва режиссёр Роб Райнерга тегишли уйда бир эркак ва бир аёл ўлик ҳолда топилди, деб хабар бермоқда маҳаллий оммавий ахборот воситалари.

Rossiya Belgiyaning Euroclear kompaniyasidan muzlatilgan aktivlar uchun qariyb 230 milliard dollar talab qilmoqda

Бу ҳақда ТАСС агентлиги хабар берди, деб ёзади «Европача правда».

Ming afsus! AQShdagi otishmada o‘zbek talaba halok bo‘ldi

Бу ҳақда Ташқи ишлар вазирлиги расмий вакили маълум қилиб, марҳумнинг оила аъзолари ва яқинларига чуқур ҳамдардлик билдирган.

Sidneydagi terrorchining qo‘lidan avtomatni tortib olgan erkakning ahvoli qanday?

Бироқ шундан сўнг террорчи кўприк томонга қочиб, бошқа қуролдан яна ўқ узишни давом эттирган.

Sidneydagi otishmada ravvin halok bo‘ldi

Полиция ҳужумнинг учинчи эҳтимолий иштирокчисини ҳибсга олди

G‘allaorol va Zafarobodda kelinlik sarpolari MIB tomonidan olib berildi

Аёллар ўзларига тегишли бўлган сарполарни собиқ турмуш ўртоқларининг уйларидан олиб кетишга уринганларида қаршиликка учраганлар.

Sidneydagi otishmani uyushtirganlardan biri pokistonlik muhojirmi?

Исроил ташқи ишлар вазири Гидеон Саар Сиднейдаги теракт сабаб чуқур қайғуда эканини билдирди

Sudanda armiyani qo‘llab ommaviy namoyishlar o‘tkazildi

Суданнинг бир нечта шаҳарларида минглаб одамлар армияни қўллаб кўчаларга чиқди. Бу намойишлар, давлат органлари чақирувига биноан, мамлакатдаги ҳарбий ҳаракатларни қўллаб-қувватлаш мақсадида ташкил этилди.

BMTdagi Falastinaning doimiy vakili: Isroil etnik tozalash va hujumlarni kuchaytirishni davom ettirmoqda

Исроил фаластин халқига нисбатан «ҳужумларнинг кучайиши»ни давом эттирмоқда. Бу жараёнга ишғол қилинган Ғарбий соҳил ҳамда Ғазо секторида ерларни босиб олиш, шунингдек «этник тозалаш» сиёсати ҳам киради.

Tailand Kambodja bilan chegara hududlarida komendantlik soati joriy qildi

Таиланд ҳукумати Камбоджа билан чегарадаги ҳудудларда комендантлик соатини жорий этди. Бу қарор чегарадаги тўқнашувлар кенгайиб, баҳсли ҳудудларнинг соҳилбўйи районларига ҳам тарқалаётгани билан изоҳланди, деб хабар бермоқда Reuters.

Vengriyada bolalarga nisbatan zo‘ravonlik mojarosi ortidan minglab odamlar norozilik namoyishi o‘tkazdi

Бу ҳақда Reuters агентлиги хабар бермоқда, деб ёзади European Pravda.

Toshkent viloyatida benzin bakida 30 kilodan ko‘proq opiy olib ketayotgan shaxs ushlandi

Натижада ўриндиқ ғилофи чўнтагида дастлабки вазни ўрами билан ҳисоблаганда 2 граммни ташкил қилувчи героин борлиги маълум бўлди.

Ruminiyada 40 yildan ortiq vaqt ichida birinchi marta moxov kasalligi qayd etildi

Бу мамлакатда касалликнинг илк расмий тасдиқланган ҳолати ҳисобланади.

«Eurovision 2024» g‘olibi Isroil sabab sovrinini qaytarib bermoqchi

«Eurovision 2024» ғолиби Исроилнинг 2026 йилги танловда иштирок этиши мумкинлиги ҳақидаги хабарлардан сўнг совринини қайтариб берди.

Boku shahrida 8 nafar o‘quvchi saqichdan zaharlandi

Мактаб маъмурияти тез ёрдам чақирган, ҳозирда ўқувчилар шифокорлар назоратида.

Qo‘shma Shtatlar Avstriya, Vengriya, Italiya va Polshaning Yevropa Ittifoqidan chiqishini istamoqda — Defense One

Defense One нашри АҚШ миллий хавфсизлик стратегиясининг ҳали эълон қилинмаган версиясига таяниб хабар беришича, Вашингтон Австрия, Венгрия, Италия ва Польша каби давлатлар билан “фаолроқ ҳамкорлик қилиш” орқали уларни Европа Иттифоқидан ажратишга интилаётгани қайд этилган.