Hamza Hakimzoda Niyoziy kim edi: dahriymi yo dindor?

A A A
Hamza Hakimzoda Niyoziy kim edi: dahriymi yo dindor?

Yaqin o‘tmishimizning eng yorqin va ziddiyatli ziyolilaridan biri Hamzadir.

U kim edi: dindormi yo dahriy? U paranji tashlash kompaniyasiga bosh qosh bo‘lganmi? U rostdan ham xotinboz, maishiy buzuq bo‘lganmi? Biz u haqda nimlarni bilamiz?

Yaqinda millatparvar yozuvchi Nabijon Boqiy tarixiy dalillar asosida hujjatli roman yozib tugatdi.

(Bugungi yoshlar N.Boqiyning O‘zb.SSR KGBsi arxivini obdon o‘rganib, Qodiriyning fojiaviy o‘limi haqida “Qatlnoma”, Tojikiston kompartiyasi arxivini yillab titkilab, “bosmachi”lik harakati va turk generali Anvar posho haqida “Chingiz afandiga maktublar” kabi hujjatli qissalar yozganidan ko‘p ham xabardor bo‘lmasa kerak. Mazkur asarlari xorijiy davlatlarda juda mashhur va qayta-qayta nashr etilayotir. Ajabmaski, yaqin yillar ichida o‘zbek o‘quvchilari ham adibning ajoyib va nodir asarlaridan bahramand bo‘lib qolsa...)

Xullas, millatning jonkuyar yozuvchisi Nabijon Boqiy bilan Hamza Hakimzoda Niyoziy shaxsiyati va hali “siyohi qurimagan” “Qizil toshbo‘ron” romani haqida suhbatlashdik.

– Nabijon aka! Avvalo yangi romaningizni yozishga undagan omillar va asarning yaratilish jarayoni haqida gapirib bersangiz.

Bilasizmi, buni yozish uchun hozirlikni taxminan 25 yillar avval boshlagandim. O‘zbekiston davlat arxiviga borsangiz, Hamzaga tegishli hujjatlarni olganlar ro‘yxatida albatta mening ismi sharifimni topasiz. Hatto ulardan nusxa ko‘chirib, Qo‘qondagi muzeyiga ham olib borib berganman. Rasmiy hujjatlardan tashqari, Hamza haqida yozilgan xotiralarni o‘qidim, ma’lumotlarni o‘sha paytdagi mahalliy matbuot nashrlaridagi xabarlar bilan solishtirdim. Ijtimoiy tarmoqda mening sahifamni kuzatganlar hali Qo‘qon, hali Xiva, hali Shohimardonga borganimni ko‘rib, bekorchilikdan aylanib yuribdi, deb o‘ylasa kerak. Men bekorchixo‘jamasman. Qolaversa, xonada o‘tirib hissiz va tuzsiz “e’jod” qiladigan g‘o‘r yozuvchi ham emasman. Hamza haqidagi asarni ikki yil davomida sutkasiga o‘n soatlab o‘tirib ishladim. Ishonsangiz, romanni yetti marta qayta yozdim. Birorta asarim ustida bunchalik ko‘p o‘tirmaganman. Buyuk o‘rus yozuvchisi Tolstoy ham “Urush va tinchlik” ustida shunday ishlagan.

Shu davr ichida bitta xulosaga keldim: BIZ HAMZANI YAXSHI BILMAS EKANMIZ!

– Nabijon aka, bizga ham shu qiziq: Hamza kim? U haqda bugungi odamlarning, ayniqsa, dindor kishilarning bilgani shu: u din dushmani, paranji tashlash kompaniyasining yalovbardori, muqaddas dinimizni hajv qilib she’rlar yozgan shakkok shoir, sovet davlatining mafkuraviy targ‘ibotchisi... Yana xotinboz bo‘lgani uchun toshbo‘ron qilingan battol shaxs deb bilsa kerak.

– Eeeee... Nimalar deyapsiz?! Hamzaxon 1911 yilda, ya’ni 23 yoshida islomning asosiy arkonlaridan biri bo‘lmish haj amalini ado etib qaytgan asl musulmon edi. Cho‘ntagida oltmish so‘m bilan Yaratganga tavakkal qilib muqaddas tuproqlarni ziyorat qilish uchun otlangan hoji edi. U bugungi ayrim kishilarday gunohni qila-qila, birovlarning haqini yeb-eb, endi gunohimni yuvib kelay degan chuchmal tushuncha bilan borgan g‘ofillardan emasdi.

Hamza Shohimardonda xurofot ahlining dumini tukkani ayni haqiqat va uning bu ishi sovetlar davrida dinga qarshi kurashchi sifatida talqin qilingan. Iflos kommunistlar bu bilan ham Hamzaning, ham dindorlarning sharafini bulg‘aydi, nomiga dog‘ tushirishga erishadi. Xalqimiz judayam sodda, ayniqsa, diniy tushunchalarda o‘ta hassos. Bundan o‘sha kamnomuslar unumli foydalangan. Xotinboz deyilganiga kelsak, uning nikohida xotini bo‘lgan, ammo hozirgi arbobcha va shoirchalarga o‘xshab o‘ynashi bo‘lmagan. Dinni hajv qilgan biror asarini ko‘rsatib bera olasizmi? Xurofot ahliga qarshi kurashgani bor gap, ammo dinga, asl dindorlarga qarshi emas. U besh vaqt namozini kanda qilmagan, islomiy ruknlarga qat’iy rioya etadigan pokdomon kishi bo‘lgan. Arab tilini, fors tilini mukammal bilgan, eng qizig‘i, otasiga arabcha, forscha maktublar yozgan. Bu otasining ham savodli kishi bo‘lganini tasdiqlaydi.

– Hamza Shohimardonga qanday borib qolgan? Aslida u yerda nimalar sodir bo‘lgandi? Uni toshbo‘ron qilingani rostmi?

– O‘tgan asrning 17 yili chor rossiyada hukumat ag‘darib, Lenin va uning hamtovoqlari iqtidorga kelgan bir paytda Qo‘qonda muxtoriyat tuziladi, ya’ni mustaqillik e’lon qilinadi. Ammo qonxo‘r bolsheviklar shaharni to‘pga tutib, xalqni qoniga botirib, ziyolilarning umidini so‘ndiradi. O‘sha davrning eng mashhur shoiri kim edi, bilasizmi? Cho‘lpon emas! Fitrat ham, Usmon Nosir ham emasdi. So‘fizoda edi. Namanganlik shoir o‘sha davrning eng kuchli va judayam iqtidorli ijodkori edi. Jadidlarning otasi desak ham bo‘ladi. (Uning ijodiga ham hali yetarli e’tibor va baho berilgan yo‘q). Xiva xonligining Xo‘jayli shahri Movarounnnahrning ma’naviy darvozasi edi. Jadidchilik nasimlari Bog‘chasaroy tomonlar esib, eng avvalo shu shaharga yetadi. U chorrrahada joylashgan ajoyib shahar bo‘lgan. So‘fizoda o‘sha yerda maktab ochgan edi. U Hamzaning ustozi bo‘lgan. Hamza ustozining yoniga borib, maktabda dars beradi. U o‘ta kambag‘al, nochor ahvolda bo‘lgan. Maktabdorlik orqasidan qo‘l uchida kun kechirgan. Keyinchalik Qo‘qon, Marg‘ilon shaharlaridayam yangicha usuldagi maktablar ochib, millatni ilmli qilish va shu yo‘l bilan najotga erishish harakatiga tushadi. Uning o‘quvchilari qisqa muddatlarda savod chiqarib, ilmda ilgarilab ketardi, ya’ni pedogogik uslubi zo‘r bo‘lgan.

O‘sha davrdagi o‘ris amaldorlarga uning bu sayi harakatlari yoqmagan. Ta’qiblardan zada bo‘lgan shoir ota yurti Avvalga kelib qoladi. Avval Farg‘ona shahrining g‘arbida, Quvasoy tomonida joylashgan qishloq. Bu yerda u xalq xizmatda bo‘ladi. Lekin uning mashhurligi, harakatchanligi ayrim mahalliy korchalonlarga yoqmaydi. Shu bois uning ustidan Yo‘ldosh Oxunboboyevga qayta-qayta shikoyat qilaveradilar. Yo‘ldosh ota Avvalga kelganida Hamza bir guruh kishilar bilan ko‘prik qurilishida javlon urib turgan bo‘ladi. “Sizlarga kerakmasmi Hamzaxon? Unda u o‘zimizga tan”, deydi-da, uni foytuniga o‘tqizib, Shohimardonga jo‘naydi.

Shohimardonda yangi artel (kolxoz) tuzilgan, ammo xalq ishlashni xohlamayotgan edi. Chunki yer mulkdorlardan tortib olinib, go‘yo umumxalq mulki deb e’lon qilingan edi. Xalq tuzini totib, tuzlig‘iga tupuradigan nonko‘r emasdi, shuning uchun artelda ishlashdan bosh tortadi. Bu yer egalarining haqiga xiyonat ekanini bilardi. Hukumat Hamzaning mashhurligidan foydalanib bu yerdagi ishlarni o‘nglamoqchi bo‘ladi.

Shohimardonda mashhur ziyoratgoh bor, maqbara. Undagi qabr hazrati Ali janoblariga nisbat beriladi. Menimcha, bu ramziy qabr bo‘lishi kerak, chunki u zoti sharifning arab tuprog‘iga dafn etilganlari hammamizga ma’lum. Shu maqbaraga qo‘tosning dumini osib qo‘ygan xurofotchilar ziyoratga kelgan omi xalqni aldab, boylik orttirib yurgan bo‘ladi. Qanday qilib deysizmi? Qorni og‘rigangayam, pesgayam, moxovgayam, tug‘mayotgan juvongayam, tutqanoqqayam shu dumning tolasini “baniyati shifo” deb pullayveradi. U yerda har kuni qanchadan qancha qo‘ylar, tovuqlar so‘yilib, qabr egasidan murod hosil bo‘lishini tilaydilar.

Shu ishlar islom diniga to‘g‘ri keladimi? Shirk emasmi qabrlarga sig‘inish? Bu xurofotmi yo bid’atmi, nima bo‘lsayam, sevimli Payg‘ambarimiz olib kelgan dinga aloqasi bormi? U zot ka’batullohdagi but-canamlarni yo‘q qilish uchun kelmaganlarmi? Ha, balli!

Hamza diniy olim edi. U savodini Namangandagi madrasada chiqargan edi. Shuning uchun u Shohimardondagi nayrangbozlarning dumini tugishga kirishdi. O‘sha mash’um dumni olib tashlashni buyurib, kasallarga tabiblarga uchrashni tavsiya qiladi. Oltiariqqa borib kelsa, dum haliyam turgan bo‘ladi. To‘rtta mirshabning tepasida o‘zi turib, ularga dumni oldirayotgan payti...o‘z tijoratidan ayrilayotganini anglagan xurofotchi, sallasi katta, aqli noqis “shayx”lar olomonni ularga qarshi qayraydi. Olomon kim edi, bilasizmi? O‘sha atrofdagi bo‘zaxonada bo‘za ichib o‘tirgan avboshlar edi. Bo‘za degani aroq ekanini bilsangiz kerak? Mast-alast bezorilar mirshablarni ura boshlaydi. Natija nima bo‘lishi Hamzaga ma’lum edi. Mirshablarning sochidan bir tola soch to‘kilsa, qo‘shimcha kuchlar tashlanib, hammasini qirib tashlar edi. Shuning uchun u olomonni qaytarishga urinadi. Bundan foydalangan bir kimsa ko‘zi qonga to‘lgan yigitlarga “Asl aybdor aslida shu!” deb qora kuchni unga yo‘naltirib yuboradi. Xullas, Bolta degan yigit Hamzaning qorniga shartta pichoq tortib tashlaydi. U gursillab yerga yiqiladi. Qotillar shunda ham to‘xtamay, devordan katta bir toshni ko‘chirib olib, o‘lgan tananing ustidan tosh bilan urib o‘taveradilar, o‘taveradilar... Keyin majaqlangan tanani tog‘dan uloqtirib yuborishadi. (Bu haqda O‘zb.Davlat arxivida F.r. -. 1714, op № 5, delo № 327, delo № 328 raqamlari ostida "maxfiy" saqlanayotgan – "Ubiystvo Xamzi Xakimzade» – jildtaxlamlarini ko‘zdan kechirib ko‘rishingiz mumkin)

Endi aytingchi, islomda aroq ichish joizmi?! Bid’at-xurofotga qarshi kurashgan odamni so‘yib o‘ldirgan qotillar qahramon sanaladimi?! Agar odam aybdor bo‘lgan taqdirdayam, uni qozining hukmisiz o‘ldirib yuborish mumkinmi?! Menimcha, uni shahidi a’lo bo‘lmasayam, mazlum va nohaqlik qurboni desak, adashmaymiz.

– Uni xotinboz, paranjini tashlashga bosh qosh bo‘lgan, deydiganlarga nima deysiz?

– Nimayam derdim, bir mo‘min-musulmonga tuhmat qilgan odamlarning jazosini men bermayman, O‘zi beradi. Paranjini allaqachon tashlab bo‘lgan edi ayollar... Molotovning bu haqdagi qarori chiqqan edi. Bunaqa chuchmal va yolg‘on xabarning shakllanishiga o‘sha mashhur “Olovli yillar” kinosi sabab bo‘lsa kerak. O‘sha kinoning senariysida ham bunaqa joyi bo‘lmagan, ammo o‘ris rejissyori “prestijniy bo‘ladi” deb tasvirga olish paytida shunaqa sahnani tiqishtirib yuborgan ekan. Keyin sovet davrida uning asarlarini buzib chop etishdi. Masalan, yasha, Turon, degan satrini “Yasha, sho‘ro”, deb o‘zgartirgan olimlar katta-katta unvonlarni olib, kayfu safoda kun kechirib o‘tdi. Bundayin xiyonatlarda Hamzaning nima aybi bor?!

“Keldi ochilur chog‘ing...” deb boshlanadigan she’rini ham paranjiga nisbat berib tushuniladi. Bu xato! Ushbu she’rni ayollarni ma’rifatga chorlash uchun yozgan, ro‘molingni yech, ko‘kragingni, soningni ochib yur deb yozmagan. Agar sovet mafkurasi shunday talqin qilgan bo‘lsayu kimdir shunga ishonsa, nimayam derdim, bilganini qilsin. Ammo Qur’oni karimda ham “...fosiq keltirgan xabarni tekshiring...” degan mazmunda oyat bor, to‘g‘rimi?

– To‘g‘ri, “Hujurot” surasi, 6-oyatda shunday amr bor. Nabijon aka, ayrim mushtariylar ko‘nglidan: “Mana shu gaplarga dalil bormi?” degan fikr o‘tsa, ajabmas.

– O‘o‘o‘o‘ zo‘rku?! Ana arxivga borsin, tekshirib ko‘rsin istasa... Kallangiz ishlasa, do‘ppini boshdan olib o‘ylab ko‘ringchi, agar rostdanam Hamza yomon bo‘lsa, uni oqlashdan menga nima naf? U mening bobommi yo xotinimning tog‘asimi? Yo “tepa”dan kimdir menga shunday yozgin deb buyurtma beribdimi? Men kimlargadir yoqish uchun laganbardorlik qiladigan pastkash emasman. Yo unvon yo uy uchun tilyog‘lamachilik qiladiganlardanam qattiq xazar qilaman... Asarlarimni xalq uchun, kelajak avlod uchun yozaman. Millat asl qahramonlarini bilsin, tanisin, o‘zligini anglasin, qaddini ko‘tarsin, degan niyatda qalam tebrataman. Tolstoyni gapirdik, uning katta daromad keltiradigan yerlari bo‘lgan, men esa o‘z mehnatim bilan kun kechirib, asarlar yozib yuribman.

Afsuski, ming afsuski, hali Hamzaning, shu jumladan, So‘fizodaning asarlari xalqimizga to‘la yetib borgani yo‘q. Yosh olimlarimizdan umidim va rijoyim shuki, bu ikki millatparvar ijodkorlarning chang bosib yotgan asarlarini tezroq tabdil qilib, xalqimiz e’tiboriga havola etsinlar.

Qodiriyning tili qanchalar go‘zal, a? “O‘tgan kunlar”ni o‘qib yayraysiz. Cho‘lpon asarlarining ifodasi ham o‘ziga xos. Ammo Hamzaning asarlarni o‘qisangiz, bu ikki adibning qalamidan ham o‘tkirroq, xalqchilroq ekaniga amin bo‘lasiz. Bu mubolag‘a emas. Internetdan “Hamza monologi” nomli maqolamni topib, o‘qishlaringizni ham tavsiya qilaman. O‘sha maqolada ham ko‘nglimdagi ancha muncha fikrlarni bayon qilganman.

Yana bir gap: millatimiz oydinlarini, ziyolilarini, buyuk farzandlarini yerga urib, ularni qoralashdan nima foyda bor?! Beayb parvardigor, hech kim nuqsonlardan xoli emas, albatta. Ammo qaysi bir xalq o‘z qahramonlarini yaxshi tanisa, hurmat bajo keltirsa, o‘sha millatning kelajagi porloq bo‘ladi. Nega deganda, yosh avlod o‘z milliy qahramonlaridan ilhom va ibrat olib ulg‘ayadi. Bu haqda ortiqcha gapga hojat yo‘q menimcha. Shuning uchun men Xivaning so‘nggi xoni Isfandiyorxon haqida ham roman yozdim. Bu dilbar shaxsning munavvar hayot yo‘lini imkon qadar tasvirlab berdim. Albatta, mavridi kelsa bu kabi asarlarim aziz kitobxonlarimiz qo‘liga yetib boradi, degan qanoatdaman.

– Nabijon aka, mazmunli suhbat uchun sizga muxlislar va tahririyatimiz nomidan tashakkur bildiramiz. Sizday millat fidoyilari doim bor bo‘lsin. Xayrli ishlardan charchamang, ilohim...

P.S.: H.H.Niyoziyning "Hurriyat" jurnali 1917 yil №1 sonida bosilgan Turkiston muxtoriyatiga bag‘ishlangan "Bukungi qadrlik kun" maqolasidan iqtibos:

"Hoy, ahli vatan, bukun xizmat kuni ekan. Kim millatni suyur, kim dinga xizmat qilmoq istar? Kim Tangrisin rizolig‘in, kim ruhi payg‘ambarin shod bo‘lurini istar, kim mahsharda "Islom millatiga na xizmat qilding?" degan xitobga sarnigun bo‘lmovni, sukutda qolmovni istar ekan, ulamomi, boymi, gadomi, yoshmi, qarimi – kelsun, bu xizmatga otilsun. Mas’uliyatni o‘zidan ko‘tarsun. Bukun – tijorat kuni emas, bukun – sayohat kuni emas, bukun – ish emas, bukun – o‘quv va o‘qituv kuni emas, bukun – men katta, sen kichik, sen boy, men bechora, biz ulamoyu siz avom deydurgan kun emas. Bukun – ittifoq o‘rniga nifoq, sadoqat o‘rniga adovat qiladurgan kun emas.

Yana qichqurib ayturmiz, hoy, birodarlar, bukun – xizmat kuni, bukun – izzat, hurmat, daraja va martaba talab etuv kuni emasdur. Onglasi kuni!

Fidokor yoshlar! 700 ming xalqimiz tarafindan 20 ming xalq shahodati bilan hanuz jasadi vujud olamiga ko‘chmagan million-million avlodi islomni kelajakdagi huquqini tayin etuvni o‘z ustingizga oldingizmi? Boshqalar ham oldi. Lekin siz qarab turmang, hamon o‘z vazifangizni ado etmoqqa kirishing, o‘z manfaatidan kechuvchi siz bo‘lub ko‘runmakdasiz, hamon davom eting, ertagi tovuqqa oldanub, bu kungi tuxumdan ham o‘zingizni va ham mustaqbil avlodingizni mahrum qilmang. "Xizmat – o‘lmas mol" kabi muqaddas bobolarimizning gavhardek qadrli hikmatli so‘zlari yodingizda bo‘lsin!

Yashasun yoshlar! "


Suhbatdosh Abdulaziz Muborak

Manba: azon.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Eronda bir baqqol do‘koni oynasida shunday yozuv ilgan:

«Бу хаёлий маҳсулот эмас. Агар эҳтиёжинг бўлса, ол — урушдан кейин тўлайсан.»

Go‘sht narxi keskin oshmoqda

Ўзбекистонда гўшт нархи сўнгги вақтларда сезиларли қимматлашди.

JCH-2026ni o‘tkazib yuboradigan eng qimmat futbolchilar reytingi tuzildi

Transfermarkt мутахассислари ўзига хос рейтингини эълон қилишди.

AQSh razvedkasi Trampni ogohlantirgan — Professor Jon Mirshaymer

Жон Миршаймернинг айтишича, АҚШ разведкаси Дональд Трампга Эрон билан уруш яхши натижа бермаслигини олдиндан айтган.

Tramp Saudiya shahzodasi haqida keskin bayonot qildi

Дональд Трамп Муҳаммад ибн Салмон ҳақида кескин ва баҳсли баёнот берди.

Turkiya AQShni ogohlantirdi!

Агар курдлар Эронга қарши ҳужумларда иштирок этса, дарҳол ҳарбий жавоб бўлади.

Rossiya Ukraina borasida Janubiy Koreyani jiddiy ogohlantirdi

Бу ҳақда Россия ташқи ишлар вазири ўринбосари Андрей Руденко маълум қилди.

"Bu yolg‘on. Men uning gaplarini eshitdim va..."

Ушбу баёнот Парижда бўлиб ўтган "G7" давлатлари ташқи ишлар вазирлари учрашувидан сўнг оммага олиб чиқилди.

O‘zbek klublariga milliardlar ajratildi

Ўзбекистон футболида катта ўзгаришлар даври бошланмоқда. Президентнинг янги қарорига мувофиқ, Суперлига клубларини молиявий соғломлаштириш ва босқичма-босқич хусусий секторга ўтказиш бўйича аниқ «йўл харитаси» белгиланди.

OAV: Saudiya Arabistoni urush sabab AQShga chaqiriq bilan chiqdi

Бу ҳақда The Guardian Саудия разведка манбасига таяниб хабар берди.

Mashhur model Husanovga uchrashuv taklif qildi

Ўзбекистон миллий терма жамоаси ва “Манчестер Сити” ҳимоячиси Абдуқодир Ҳусанов туғилган куни муносабати билан табрикларни олишни давом этмоқда.

Qadr kechasi qaysi kunga to‘g‘ri keladi?

Рамазон ойининг охирги 10 кунлиги бошланди.

Eronda 19 yoshli sportchi dorga osib qatl etildi

19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.

Erling Xoland o‘ziga yangi jamoa tanladi

Бу ҳақда Football365 портали журналистлари хабар бермоқда.

Netanyaxu Isroildan qochib ketdi

У Эрон баллистик ракета отишидан олдин қочишга улгурибди.

Polsha nashri Alisher Usmonovning singlisi muhokama etilgan Lavrov va Siyyarto o‘rtasidagi suhbat yozuvini e’lon qildi

Айни пайтда мазкур аудиоёзув Европа ва Украина матбуотида кенг муҳокама этилмоқда.

Zelenskiy: "Ukraina Rossiya bilan kelishuvning har qanday shakliga tayyor"

Ўт очишни тўхтатишнинг барча кўринишларига, шу жумладан, Пасха байрами кунларида ҳам жангларни тўхтатишга розимиз.

Tramp neft taqchilligini boshdan kechirayotgan mamlakatlarga taklif berdi

Ўзингизни ўзингиз ҳимоя қилишни ўрганишни бошлашингизга тўғри келади.

Vashingtondagi Kapitoliy binosi ro‘parasida ulkan oltin unitaz haykali paydo bo‘ldi

Бу инсталляция пастга қараб, муаммони кўра билган ва уни олтин рангга бўяган узоқни кўрадиган шахсга эҳтиром рамзидир

Rossiyaliklar 1 maydan boshlab VPN ishlatgani uchun haq to‘lashi mumkin

Шадаев "VK", "Ozon" ва "Яндекс" каби йирик платформа вакиллари билан ҳам учрашиб, улардан "VPN" орқали кирувчи фойдаланувчилар учун чекловлар қўйишни сўради.

Andijonda qalbaki dori vositalari tayyorlovchi 3 ta yashirin laboratoriya aniqlandi

Дастлабки маълумотларга кўра, мазкур маҳсулотлар Қирғиз Республикасидан ноқонуний равишда олиб кирилган бўлиб, уларнинг бир қисми ярим тайёр, яна бир қисми эса қайта ишланган ҳолатда бўлган.

Misr kemasi Rossiyaning "Arktik Metagaz" gaz tashuvchisini tortib olayotgani xabar qilindi

Ливия Фавқулодда вазиятлар қўмитаси маълумотига кўра, кема ҳозирда қирғоқдан 62 мил узоқликда жойлашган.

Isroil hujumlarida Livanda halok bo‘lganlar soni 1 247 nafarga yetdi

Сўнгги 24 соатда Исроил қўшинлари Ливан ҳудудига амалга оширган ҳаво ҳужумлари натижасида камида тўққиз киши ҳалок бўлди.

NATO: Hamisha ittifoqchilarimizni himoya qilish uchun zarur choralarni qo‘llaymiz

НАТО бугунги кунда Ирондан Туркияга йўналтирилган ракетани ишга тушириш ҳолатига муносабат билдирди.

Ozarbayjonda fojiaviy voqea: erkak onasini o‘ldirib, o‘zini yoqib yubordi

Озарбайжонда 33 ёшли эркак шок ҳолатга олиб келган ҳаракати билан фуқаролар эътиборини тортди. У аввало онасига ҳужум қилиб, уни вафот эттирди, кейин эса ўз жонига қасд қилиб, ўзини ёқиб юборди.

AQShdan Eronga ogohlantirish: barcha dron va raketalarni to‘xtatish kerak

АҚШ давлат котиби таъкидлашича, Эрон барча турдаги дронлар ва ракеталарни ишлаб чиқаришни тўхтатиши шарт.

Evropa Ittifoqiga jiddiy ayblov: Ukraina hujumlari uchun havo hududi ochilganmi?

Европа Иттифоқи Украинага Россияга қарши ҳужумларда билвосита ёрдам бераётганликда айбланмоқда.

Erondan ogohlantirish: Hormuz bo‘g‘ozidagi har qanday provokasiya vaziyatni keskinlashtiradi

Эрон ташқи ишлар вазири Аббос Ароқчи Ҳормуз бўғозидаги ҳар қандай провокация минтақадаги вазиятни янада оғирлаштириши мумкинлигини билдирди.

Rossiyadan chaqiriq: Yaqin Sharqdagi urushni zudlik bilan to‘xtatish kerak

Россия ташқи ишлар вазири Сергей Лавров Форс кўрфази мамлакатлари ташқи ишлар вазирлари билан мулоқот ўтказиб, Яқин Шарқдаги вазиятни муҳокама қилди.

Erondan jiddiy ayblov: gumanitar samolyotga hujum ortida AQSh va Isroil bormi?

Эрон Fars ахборот агентлиги орқали АҚШ ва Исроилни гуманитар ёрдам олиб кетаётган фуқаролик самолётига ҳужум қилганликда айблади.

Qashqadaryoda qurilish hududida vafot etgan 12 yoshli qiz ishi bo‘yicha hukm chiqarildi

Қашқадарё вилояти Қарши шаҳрида 2020 йил август ойида содир бўлган фожиали ҳодиса юзасидан суд ҳукми эълон қилинди.

Namanganda 6-sinf o‘quvchisi zo‘rlandi,zo‘ravonlik qilgan shaxs qamoqqa olindi

Наманган вилоятида мактаб ўқувчисига нисбатан содир этилган жинсий зўравонлик жинояти ҳолати Болалар омбудсмани назоратига олинди.

Tramp: "Eron bizga yana bir sovg‘a berdi"

Трамп бу ҳақда журналистларга маълум қилди.

Afg‘onistondagi suv toshqinlari 17 kishining hayotiga zomin bo‘ldi

Бу ҳақда мамлакат Миллий табиий офатларни бошқариш бошқармаси вакили Юсуф Ҳаммад маълум қилди.

Interpol qidiruvida bo‘lgan ikki o‘zbekistonlik Turkiyada qo‘lga olindi

Хабарга кўра, 40 ёшли T.Р. ва 38 ёшли Ф.A. Ўзбекистонда йирик миқдорда фирибгарлик жиноятини содир этгани учун халқаро қидирувда бўлган.

Toshkentda tunda poyga uyushtirgan 2 haydovchi qamaldi

Мазкур кўчадаги камера ёзувлари ва гувоҳларнинг кўрсатмаси асосида ўтказилган суриштирувлар давомида Lacetti русумли автомобилда 27 ёшли Рамиз Исломов ва Onix русумли автомобилда 21 ёшли Азимжон Абдусатторов бўлгани аниқланган.

Parijda Bank of America binosi oldida terakt sodir etilishining oldi olindi

Жиноятчининг иқрор бўлишича, уни Snapchat платформаси орқали 600 евро эвазига ёллашган.

Ukraina terma jamoasi Ispaniyada o‘g‘rilar hujumiga uchradi

Ўйинчилар ва мураббийлар штаби қимматбаҳо соатлар, бир неча минг евролик ҳашаматли буюмлар ва нақд пул йўқолганини аниқлаган.

Xakan Fidan: Yaqin Sharqdagi keskinlik kengroq urushga aylanishi mumkin

Бу ҳақда Туркия ташқи ишлар вазири Хакан Фидан Стамбулда бўлиб ўтган Халқаро стратегик коммуникациялар (STRATCOM) саммитида сўзлаб, маълум қилди.

Keniyada yomg‘ir va sel oqibatida o‘limlar soni 108 ga yetdi

Бу ҳақда мамлакат Миллий полиция хизмати хабар берди.