Habib Makgregor bilan jangdan keyin unga nimalar degandi?

Habib Makgregor bilan jangdan keyin unga nimalar degandi?

Engil vaznda UFC sobiq chempioni Habib Nurmagomedov ikkita vaznda UFC sobiq chempioni Konor Makgregorni mag‘lubiyatga uchratgach, unga nimalar degani e’lon qilindi.

UFC o‘zining YouTube'dagi rasmiy kanalida Habibning so‘zlari keltirilgan videoni joylashtirdi.

"Tentak! Men seni sindirdim, yig‘la!, - degan ekan Xabib jang tugaganidan keyin.

Eslatib o‘tamiz, Konor Makgregor va Habib Nurmagomedov o‘rtasidagi jang 2018 yilning noyabr oyida Nyu-Yorkda tashkil etilgan UFC 229 turniri doirasida o‘tkazilgan edi. Jang rossiyalik aralash yakka kurash ustasining to‘rtinchi raundda bo‘g‘ish usuli orqali g‘alaba qozonishi bilan yakunlangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!