Guterrishning o‘rinbosari BMT Bosh Assambleyasi ochilishi oldidan baxtsiz hodisaga uchradi

Guterrishning o‘rinbosari BMT Bosh Assambleyasi ochilishi oldidan baxtsiz hodisaga uchradi

BMT Bosh kotibining global kommunikasiyalar bo‘yicha o‘rinbosari Melissa Fleming BMT Bosh Assambleyasining Oliy darajadagi haftaligi oldidan baxtsiz hodisaga uchradi va yengil jarohat oldi.

Bu haqda Melissa Fleming “X” ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.

"Nyu-Yorkdagi Bosh Assambleya barcha yo‘llarda tartibsizlik va haydovchilarni asabiylashtirdi. Men har doim velosipedni tanlayman, lekin bugun men kutilmaganda tezlikni oshirib, qizil chiroqqa o‘tib ketgan mashina tufayli baxtsiz hodisaga duch keldim. Ko‘karishlar va jarohatlar bilan vaziyatdan chiqish nasib etdi", - deb yozdi u.

Yuqori darajadagi haftalik davomida Nyu-York polisiyasi BMT shtab-kvartirasi yonidagi qator ko‘chalarni to‘sib qo‘ydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!