Gulruhbegim Tohirjonova Olimpiadada AQSh sharafini himoya qiladi

Gulruhbegim Tohirjonova Olimpiadada AQSh sharafini himoya qiladi

28 iyuldan 10 avgustga qadar Hindistonning Chennay shahrida Butunjahon shaxmat Olimpiadasi bo‘lib o‘tadi.

Ushbu 64 katak Olimpiadasida AQSh shaxmatchilari ham ishtirok etadi va e’tiborlisi, okean orti terma jamoasi tarkibida hamyurtimiz Gulruhbegim Tohirjonova ham dona suradi. O‘zbekiston shaxmat federasiyasidagi mojaro sabab AQSh taklifini qabul qilgan Gulruhbegim o‘tgan yili ushbu mamlakat chempionatida kumush medalni qo‘lga kiritgandi. Buning natijasida u AQSh terma jamoasi tarkibiga qabul qilingan edi.

Shu tariqa, Tohirjonova Chennay shahridagi 44-Butunjaxon shaxmat Olimpiadasida ishtirok etadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!