Gulnora Karimova sudda g‘alaba qozondi

Gulnora Karimova sudda g‘alaba qozondi

Shveysariyaning federal apellyasiya sudi Gulnora Karimovaning Gibraltarda ro‘yxatdan o‘tkazilgan Takilant Ltd. kompaniyasi qonuniy benefisiari ekanligi to‘g‘risidagi da’vosini ko‘rib chiqish bo‘yicha qaror chiqardi. Bu haqda Bloomberg xabar berdi, deb yozadi "Cazeta.uz".

Sud tomonidan B. ismli o‘zbekistonlik shaxsga nisbatan jinoiy ish ochilgan edi. U Gulnora Karimovaga tegishli pullarning asl egasini yashirish maqsadida uning nomidan kompaniyalar ochgani uchun hujjatlarni soxtalashtirish va "pullarni yuvish"da aybdor deb topildi.

2018 yilgi sud qarori bilan ushbu kompaniyaga tegishli 350 mln dollar muzlatib qo‘yilgan edi. Endilikda, Gulnora Karimovaning vakillari ushbu muzlatilgan aktivlarni qaytarib olish uchun harakat qilishlari mumkin.

"Bu Gulnora Karimova uchun muhim g‘alaba", — dedi uning advokati Gregori Manja.
 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!