Gruziyada sal kam 5 balli zilzila bo‘ldi

Gruziyada 4,7 magnitudali zilzila yuz berdi.
Bu haqda Sputnik Gruziya yozmoqda.
“Mahalliy vaqt bilan soat 08:00da (Toshkent vaqti bilan 09:00) 4,7 magnitudali yerosti silkinishlari Tbilisidan 4 km uzoqlikda qayd etilgan”, — deyiladi xabarda.
Zilzila manbai 27 km chuqurlikda joylashgan.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)