Hududlarda yer maydonlarini jami 500 ming AQSh dollaridan ortiq mablag‘ga noqonuniy sotmoqchi bo‘lgan shaxslar ushlandi
Xiva shahrida bog‘dorchilik yo‘nalishida faoliyat yurituvchi mas’uliyati cheklangan jamiyat rahbari MCHJning 19,9 gektar yer maydonini go‘yoki 30 gektar ekanligini aytib, uni mansabdor tanishlari orqali xaridor nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 120 ming AQSh dollari hamda 80 sotix qismida ko‘p qavatli turar-joy binosi qurishga ruxsat olib berish uchun 60 ming AQSh dollari, jami 180 ming AQSh dollari talab qiladi.
Davlat xavfsizlik xizmatining Xorazm viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan viloyat Ichki ishlar boshqarmasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda MCHJ rahbari talab qilingan pul mablag‘ini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Boshqa holatda esa Kadastr agentligining Qo‘qon shahar bo‘limi yetakchi inspektori dehqonchilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jalikka 2024 yilda Farg‘ona viloyati hokimligi tomonidan 5,8 gektar sug‘oriladigan yer maydoni ajratilishida va unda yengil tipdagi issiqxona tashkil etishi bo‘yicha tegishli qaror chiqarilishida yordam berganligini ro‘kach qilib, ushbu masalani hal etishda ko‘maklashgan mansabdor tanishlariga pul mablag‘lari berishi kerakligini aytib, fermer xo‘jalikning ish yurituvchisidan 150 ming AQSh dollari talab qiladi.
Davlat xavfsizlik xizmatining Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda kadastr inspektori ushbu pul mablag‘ini olgan vaqtida ushlandi.
Toshkent viloyatida kuzatilgan holatda Angren shahrida yashovchi, 1987 y.t., muqaddam bir necha marotaba sudlangan shaxs shahar hududida joylashgan hamda bog‘dorchilikka mo‘ljallangan 18 sotix yer maydonini va unga tutash bo‘lgan Ohangaron o‘rmon xo‘jaligi fondiga qarashli 2 gektar yer maydonini 100 ming AQSh dollariga sotishini hamda 21 ming AQSh dollari evaziga kadastr tizimida ishlovchi tanishlari orqali xaridor nomiga rasmiylashtirib berishini aytadi.
Lekin, so‘ralgan 121 ming AQSh dollarini olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati va Bosh prokuratura huzuridagi Departament xodimlari tomonidan uning noqonuniy harakatlariga chek qo‘yildi.
Bu kabi qonnubuzilish holati Surxondaryo viloyatida ham qayd etilib, “To‘palang-Qoratog‘” Irrigasiya tizimlari boshqarmasining To‘palang gidrouzeli bo‘limi xodimi Sariosiyo tumani hududidan kesib o‘tuvchi daryo va kanal muhofaza yer maydoni bo‘lgan 32 sotix yerni 73.500 AQSh dollari evaziga shaxsiy mulk sifatida xaridor nomiga rasmiylashtirib berishini aytib, 70 ming AQSh dollari va 39 mln. so‘m olgan vaqtida Davlat xavfsizlik xizmati, Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti hamda Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ushlandi.
Hozirda barcha holatlar yuzasidan mazkur shaxslarga nisbatan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Ўзбекистон миллий терма жамоаси собиқ бош мураббийи Сречко Катанец Жаҳон чемпионати-2026'да мухлислар терма жамоадан ҳеч нарса кутмаслиги кераклигини айтди.
Англиядаги «Манчестер Сити» сафида тўлиқ мослаша олмаган Абдуқодир Ҳусанов «Барселона»га йўл олиши мумкин. Бу ҳақда Carpetas Blaugranas портали инсайдери Хуан Арриен хабар берди. У Гундўған ва Витор Рокенинг ҳам «Барселона»га ўтишини энг биринчи айтиб чиққан.
Тошкент шаҳридаги мактаблардан бирида ўқитувчилик қилиб келган аёл 2016 йили Ўзбекистоннинг биринчи президенти Ислом Каримов номидан Самарқанд вилоятининг ўша пайтдаги ҳокими Зоир Мирзаевга сохта хат ёзиб, 700 минг доллар ундиришга уринган. Бу ҳақда “Миллий” телеканалидаги “Ўткир тергов” кўрсатувида маълум қилинди.
Айни кунларда Америка Қўшма Штатларида Клублар ўртасидаги Жаҳон чемпионати бўлиб ўтмоқда. Турнирда Илгиз Танташев бошчилигидаги ўзбекистонлик ҳакамлар бригадаси ҳам иштирок этишмоқда.
Исроил Ғазо сектори аҳолиси, хусусан, болаларни атайин оч қолдирмоқда, яъни очликдан қурол сифатида фойдаланмоқда. Defence for Children International ва Doctors Against Genocide ташкилотлари томонидан эълон қилинган “Бутун авлодларнинг оч қолдирилиши” ҳисоботида шундай хулоса илгари сурилган.
Арманистон суди уни “ҳокимиятни эгаллаб олишга чақиришда” айблаб ДХХ қамоқхонасига жойлаштирди. Шу вақтнинг ўзида унга тегишли бўлган "Арманистон электр тармоқлари" (АЭТ) компаниясини миллийлаштириш бошланди.
Исроил оммавий ахборот воситаларининг хабар беришича, АҚШ расмийлари Ғазо секторида отишмаларни тўхтатиш ва асирларни алмашиш бўйича келишувга эришиш мақсадида Исроилга босим ўтказишга тайёрланмоқда.
Шу билан бирга, NDMA келгуси 12 дан 24 соатгача мамлакатнинг катта қисмларига таъсир қилиши кутилаётган кучли ёмғир ва момақалдироқ ҳақида огоҳлантирди.
Россия томонидан Киевга уюштирилаётган ҳужумлар кучайгани сари, Украина пойтахтидан қочаётган фуқаролар сони ҳам ормоқда, деб ёзади Германиянинг NTV нашри.
Эрон расмийлари ушбу ҳужумларни халқаро ҳуқуқ ва журналистлар хавфсизлигига қарши жиноят сифатида баҳоламоқда. Ҳодисалар халқаро ҳамжамият томонидан кескин қораланиши мумкин.
Шовот тумани Фавқулодда вазиятлар бўлими ходими ҳам ўзганинг ишончига кириб, ички ишлар органларидаги танишлари орқали унга ҳайдовчилик гувоҳномаси олиб беришини айтиб, эвазига 1400 АҚШ доллари ва 1 млн 300 минг сўм олганлик ҳолати ҳужжатлаштирилди.