Gruziya Davlat xavfsizlik xizmati bir guruh fitnachilar mamlakatda hokimiyatni kuch bilan egallab olish maqsadida tartibsizliklar uyushtirishni rejalashtirganini ma’lum qildi. RIA Novosti xabariga asosan.
"Gruziya hududida va uning chegaralaridan tashqarida faoliyat yuritayotgan bir guruh odamlar mamlkatda beqarorlik va tartibsizliklar uyushtirishni rejalashtirmoqda. Ularning asosiy maqsadi zo‘ravonlik bilan hukumatni almashtirishdir. Buzg‘unchi harakatlar boshlanish sanasi oktyabr-dekabr oylarida", - deydi Gruziya Davlat xavfsizlik xizmati.
DXX Departament reja mualliflari sifatida Georgiy Lortkipanidze (Mixail Saakashvili prezidentligi davrida Ichki ishlar vazirligi rahbari o‘rinbosari), Saakashvilining sobiq qo‘riqchisi Mixail Baturin va Ukrainadagi Gruziya legioni qo‘mondoni Mamuka Mamulashvilini ko‘rsatdi.
Qayd etilishicha, tartibsizliklar boshlanishi oktyabr-dekabr oylariga mo‘ljallangan, chunki bu davrda Yevrokomissiyaning oraliq hisoboti va Yevroittifoqning yakuniy hisoboti Gruziyaning YEI a’zoligiga nomzod maqomini oladimi yoki yo‘qligi haqida e’lon qilinadi.
Muassasa xabariga ko‘ra, guruh a’zolari bir nechta ssenariylarni ishlab chiqqan. Ulardan biri markaziy xiyobonlar va hukumat binolariga barrikadalar o‘rnatish, so‘ngra tinch aholi qurbonlari shaharda tartibsizliklar keltirib chiqarishi uchun chodir shaharchasida bomba portlatishdir. Davlat xavfsizlik xizmati jinoiy guruh Ukrainadagi Yevromaydonga o‘xshash ssenariyni ham ko‘rib chiqayotganini da’vo qilmoqda.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
Маълум бўлишича, 2025 йил август ойида "Chevrolet Tahoe 2025 High Country" модели тақдим этилган; у 1,46 миллиард сўмдан бошланадиган нархда 11 сентябрдан сотувга чиқади.
Ҳукумат қарори билан миллий анъаналарга ёт ва ортиқча харажат талаб қиладиган расм-русумлар, жумладан “куёв навкари”, “чорлар”, “ота кўрди”, “сеп ёйди” ва бошқалар энди ўтказилмайди.
Таҳлилчининг фикрича, Трамп Оқ уйга қайтгач, Европа етакчилари унинг ғазабидан ёки жазо чораларидан қочиш учун “хушомад, илтимос ва чалғитиш” стратегиясини танлаган.
Маҳалла раислари ички ишлар органларига зудлик билан хабар берган. Текширув давомида аниқланишича, фуқаро ўз поччасини ўлдириб, жасадни қабристонга яширишга уринган.
Март ойи ўрталарида Исроил ва ҲАМАС ўртасида ўт очишни тўхтатиш келишуви барбод бўлганидан бери Ғазо секторида бир миллиондан ортиқ одам ўз уйини тарк этди.
Қоҳирадаги Миср миллий музейининг реставрация бўлимида фиръавн Аменемопетга тегишли бўлган билагузук йўқолди. Бу ҳақда Миср қадимий ёдгорликлар вазирлигига асосланиб CBS News хабар берди.
Терговга қадар текширув давомида, ушбу ноқонуний ишга алоқадор бўлган учинчи шахснинг яшаш хонадонидан эса 110 гр. “опий” моддаси, 2 та электрон тарози, 1200 АҚШ доллари ҳамда 28 млн. сўм процессуал тартибда расмийлаштириб олинди.