Gresiyada o‘qituvchilar majburiy attestasiyaga qarshi namoyishga chiqishdi

Gresiyada o‘qituvchilar majburiy attestasiyaga qarshi namoyishga chiqishdi

Afinada o‘qituvchilar va maktablarning muntazam attestasiyadan o‘tishini talab qiladigan yangi qonunga qarshi namoyishlar bo‘lib o‘tmoqda. Namoyishchilarni tarqatish uchun polisiya suv va ko‘zdan yosh oqizuvchi gazdan foydalangan.

Xabar qilinishicha, namoyishda 3 mingga yaqin kishi qatnashgan. Ulardan ayrimlari shaharning markaziy ko‘chasini to‘sishga uringanida polisiya xodimlari qo‘shimcha choralarni qo‘llagan.

Payshanba kuni Afina sudi to‘rtta o‘qituvchilar kasaba uyushmasining davomli ish tashlashini noqonuniy deb e’lon qilgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!