“G‘ishtko‘prik” postida 184 dona dorilarni ko‘krak, qorin qismlariga yashirgan shaxs ushlandi

“G‘ishtko‘prik” postida 184 dona dorilarni ko‘krak, qorin qismlariga yashirgan shaxs ushlandi

Joriy yilning 25 noyabr kuni soat 23:30 da “G‘ishtko‘prik” chegara bojxona postiga piyoda holda kirib kelgan o‘zbekistonlik fuqaro xolislar ishtirokida shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazilgan.

Fuqaro dori vositalarini egnidagi ko‘k rangli kurtkasi osti, tana qismlari: ko‘krak, qorin, bel qismlariga oldindan skotch bilan mahkamlab yashirgan.

Aniqlanishicha, og‘zaki so‘rovda ma’lum qilinmagan va yo‘lovchi bojxona deklarasiyasida yozib ko‘rsatilmagan qiymati 8 120 000 so‘mlik:

920 ming so‘mlik 74 dona “Bepanten” nomli dori vositasi;

2 mln so‘mlik 100 dona “Tabletki ot kashlya” nomli dori vositasi;

200 ming so‘mlik 10 dona “Avamis” nomli dori vositalarini Qozog‘istondan qayta sotish maqsadida olib kelayotganligi aniqlangan.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom etmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!