Germaniyaga borayotgan yo‘lovchilar diqqatiga!

Germaniyaga borayotgan yo‘lovchilar diqqatiga!

«Omikron» shtammining paydo bo‘lishi munosabati bilan, Germaniya hukumati amaldagi qoidalarga yangilarini kiritdi:

Germaniyaga kelayotgan 6 va undan yoshi katta yo‘lovchilar parvozga chiqishdan oldin Covid-19 testining salbiy natijasini, kasallikdan tuzalganligini tasdiqlovchi hujjat yoki Johnson&Johnson, Moderna, AstraZeneca, Pfizer vaksinalari bilan emlanganlik sertifikatini taqdim etishlari kerak.

Antigen testi Germaniyaga kirishdan 48 soatdan ko‘p bo‘lmagan vaqtda, PZR-testi esa parvozdan 48 soat oldin o‘tkazilgan bo‘lishi kerak.

Germaniya O‘zbekistonni «boshqa hududlar» ro‘yxatiga kiritganligi sababli www.einreiseanmeldung.de saytida raqamli shaklni to‘ldirish va karantinda bo‘lish talab etilmaydi.

Qoidalarni buzganlik uchun 25 000 yevrogacha jarima solinishi mumkin.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!