Germaniyada Orban kortejiga hamrohlik qilgan polisiyachi vafot etdi

Germaniyada Orban kortejiga hamrohlik qilgan polisiyachi vafot etdi

Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban kortejini Shtutgart aeroportiga kuzatib borgan nemis polisiyachisi yo‘l-transport hodisasida halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda polisiya va nemis OAVlari.

“Dushanba kuni ertalab Shtutgart-Degerlox hududida fojiali baxtsiz hodisa oqibatida 61 yoshli polisiyachi shu qadar og‘ir jarohat oldiki, u tez orada kasalxonada vafot etdi. 27 yoshli polisiyachi esa og‘ir jarohat oldi va davolanmoqda”, deyiladi huquq-tartibot idoralari matbuot xizmati xabarida.

Hodisaga yo‘lning yopilishini payqamagan haydovchining ikki polisiya motosikli bilan to‘qnashib ketgani sabab bo‘lgan. Spiegel nashrining yozishicha, huquq-tartibot idoralari xodimlari Shtutgart aeroportiga yo‘l olgan Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban kortejiga hamrohlik qilgan.

Qayd etilishicha, avvalroq Yevropa chempionatining Vengriya va Shotlandiya terma jamoalari o‘rtasidagi o‘yiniga tashrif buyurgan Vengriya Bosh vaziri jarohat olmagan va uning korteji voqea sodir bo‘lganidan ko‘p o‘tmay harakatlanishda davom etgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!