Germaniyada hukmron koalisiyaning reytingi pasayishda davom etmoqda

Germaniyada hukmron koalisiyaning reytingi pasayishda davom etmoqda

Germaniya hukmron koalisiyasining reytingi pasayishda davom etmoqda. INSA instituti tomonidan o‘tkazilgan jamoatchilik fikri so‘rovi natijalari shundan dalolat bermoqda.

So‘rov natijalariga ko‘ra, Germaniya Sosial-demokratik partiyasi, Yashillar va Erkin Demokratik partiyadan iborat koalisiya reytingi hafta davomida 1 foizga pasaygan. Hozir bu uch partiyaga saylovchilarning 34 foizi ovoz berdi.

Shu bilan birga, o‘ng qanot "Germaniya uchun muqobil" so‘rovnoma ishtirokchilarining 22 foiz ovozini oldi. Respondentlarning 4 foizi chap partiyaga ovoz berishga tayyor.

Qayd etilishicha, respondentlarning 74 foizi Germaniya kansleri Olaf Shols o‘z vazifalarini ado etish borasida yomon ish olib bormoqda, deb hisoblaydi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!