Germaniya Ukrainaga yana 1,3 milliard yevro miqdorida harbiy yordam ajratadi

Germaniya Ukrainaga yana 1,3 milliard yevro miqdorida harbiy yordam ajratadi

Yangi paketga yana to‘rtta IRIS-T havo mudofaa tizimi va ular uchun o‘q-dorilar kiradi. Bu haqda Germaniya mudofaa vaziri Boris Pistorius Kiyevda Rustem Umerov bilan uchrashuvda ma’lum qildi.

Bu Berlin Kiyevga va’da qilgan IRIS-T havo mudofaa tizimlarining uchinchi partiyasidir. Birinchi partiyadan uchta tizim allaqachon Ukrainaga yetkazilgan, to‘rtinchisi bu qishda kelishi kerak. To‘rtta havo mudofaa tizimlarining ikkinchi partiyasi kelasi yili, uchinchisi esa 2025 yilga yetkazilishi rejalashtirilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!