Investisiyalar, sanoat va savdo vazirligida BMTning Orolbo‘yi mintaqasi uchun Inson xavfsizligi bo‘yicha ko‘p tomonlama sheriklik Trast jamg‘armasi faoliyatini yanada qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risidagi bitimni imzolash marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.
Marosimda O‘zbekiston investisiyalar, sanoat va savdo vazirining o‘rinbosari Sarvar Hamidov, Germaniyaning O‘zbekistondagi elchisi Tilo Klinner, BMTning O‘zbekistondagi doimiy muvofiqlashtiruvchisi vazifasini bajaruvchi Konsuelo Vidal ishtirok etdi.
Hujjatda Germaniya hukumatining Orolbo‘yi bo‘yicha Trast jamg‘armasiga 700 ming dollar ajratilishi ko‘zda tutilgan. Mablag‘lar murakkab ekologik vaziyatning mintaqa aholisiga salbiy ta’sirini kamaytirishga qaratilgan manzilli qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlariga yo‘naltiriladi.
Ma’lumot uchun, jami Trast jamg‘armasining ustuvor yo‘nalishlari doirasida Qoraqalpog‘istonning Beruniy, Taxtako‘pir, Bo‘zatov, Qo‘ng‘irot va Mo‘ynoq tumanlari hamda Nukus shahrida 7 ta loyiha amalga oshirilib, 16 million dollardan ortiq mablag‘ jalb etilgan.
Shu jumladan:
5 ta chekka qishloqning 11 ming nafar aholisi toza ichimlik suvi bilan ta’minlangan, 17 ta aholi punktida 8 ming 922 nafar qishloq aholisi barqaror elektr energiyasi bilan ta’minlandi;
13 ta xususiy korxona va 3 ta qishloq xo‘jaligi kooperativi tashkil etilgan;
AKT uskunalari o‘rnatilishi va bepul Wi-Fi zonalari yaratilishi tufayli 64 ming nafar qishloq aholisi internet va raqamli xizmatlardan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lgan:
3 ta perinatal markaz modernizasiya qilingan, 20 ming nafar ona va yangi tug‘ilgan chaqaloqqa tibbiy xizmat ko‘rsatish sifati yaxshilangan;
40 ming nafar bola va o‘smir degelmintizasiyadan o‘tkazilgan, 131 ming nafar qiz bolada kamqonlikka qarshi profilaktika choralari ko‘rilgan;
Qoraqalpog‘istonda faoliyat ko‘rsatayotgan 31 ta tibbiyot muassasasi laboratoriya jihozlari va telekommunikasiya vositalari bilan ta’minlangan;
730 nafar tibbiyot xodimi qayta tayyorlangan, 1500 oila sog‘lom turmush tarzi bo‘yicha kurslarda malaka oshirgan.
“Germaniya hukumati bilan kelishuv imzolanishi xalqaro hamjamiyatning Orol dengizi inqirozidan jabr ko‘rgan odamlarning ekologik, iqtisodiy va ijtimoiy muammolarini hal etish bo‘yicha umumiy sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlashga sodiqligini tasdiqlaydi”, — deyiladi xabarda.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)
Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!
"Ливерпуль" форварди Муҳаммад Салоҳ АПЛнинг 16-туридан ўрин олган "Брайтон"га қарши ўйинда бир клуб сафида энг кўп голларда иштирок этиш бўйича Англия Премьер-лигаси рекордини ўрнатди.
Ўзбекистон миллий терма жамоаси бош мураббийи Фабио Каннаваро бугунги Ўзбекистон U-17 - Италия U-17 ўйини олдидан ўз Instagram саҳифасига пост жойлади.
Финландия бош вазири Петтери Орпо мамлакат иқтисодиёти жуда ёмон аҳволда эканини, бунинг асосий сабаби Россия томонидан келаётган таҳдидлар билан боғлиқлигини айтди.
ATTO компанияси хабар беришича, 3–4 декабрь кунлари амалга оширилган йўл ҳақи учун кечиктирилган тўловлар тизим томонидан ечиб олина бошлайди.
Сабаби техник носозликлар бўлиб, баъзи тўловлар аввалроқ ечилмай қолган. Қўрқманг! Бу хатолик эмас, фақат ўша кунларда сарфлаган ҳақиқий суммагина ечилади.
Институт томонидан ўтказилган сўровнома иштирокчиларининг 72 фоизи қуйидаги шартларни ўз ичига олган тинчлик режасига рози бўлиши мумкинлигини билдирган: урушни ҳозирги фронт чизиғида “музлатиб қўйиш” ва Украина учун хавфсизлик кафолатлари — аммо оккупация қилинган ҳудудларни расман Россияники деб тан олмасдан. 14 фоиз иштирокчи бундай режани ҳам рад этган.
Германия ташқи ишлар вазири Йоханн Вадефуль Россияни «агрессив ва империалистик сиёсат» юритишда айблаб, Москва НАТОга қарши урушга тайёргарлик кўраётганини билдирди.
Австралия бош вазири Энтони Албанезе Сиднейдаги Бонди-бич соҳилида содир этилган, 15 нафар инсон ҳалок бўлган ҳужумдан сўнг мамлакатда қурол тўғрисидаги қонунларни кучайтириш таклифи билан чиқди.
Лос-Анжелесда голливудлик актёр ва режиссёр Роб Райнерга тегишли уйда бир эркак ва бир аёл ўлик ҳолда топилди, деб хабар бермоқда маҳаллий оммавий ахборот воситалари.
Суданнинг бир нечта шаҳарларида минглаб одамлар армияни қўллаб кўчаларга чиқди. Бу намойишлар, давлат органлари чақирувига биноан, мамлакатдаги ҳарбий ҳаракатларни қўллаб-қувватлаш мақсадида ташкил этилди.