Germaniya Hindiston bilan snaryadlar sotib olishni muhokama qilmoqda - Der Spiegel

Germaniya Hindiston bilan snaryadlar sotib olishni muhokama qilmoqda - Der Spiegel

Hindistonda «bir necha yuz ming» artilleriya snaryadlari bor va Germaniya u bilan Ukraina ehtiyojlari uchun ularni vositachilar orqali sotib olishni muhokama qilmoqda. Bu haqda manbalarga tayanib, Der Spiegel nashri xabar berdi. Muzokaralar yashirin olib borilmoqda, chunki Hindiston rasmiylari Moskva bilan munosabatlarni buzmoqchi emas.

Nashrning yozishicha, xuddi shunday bitimlar arab va Bolqon davlatlari bilan ham tuzilishi mumkin, ularning ba’zilarida ham snaryadlarning katta zaxiralari mavjud.

Bu yil Germaniya hukumati Ukrainani qurollantirish uchun 7 milliard yevro ajratadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!