Germaniya yer osti bunkerlari va dori zahiralarini ko‘paytirmoqda. Bunga Ukraina mojarosi sabab

Germaniya yer osti bunkerlari va dori zahiralarini ko‘paytirmoqda. Bunga Ukraina mojarosi sabab

Germaniya Ukrainadagi mojaro tufayli o‘zining yer osti boshpana tizimini mustahkamlash, shuningdek, urush holatida zaxiralar yaratish ustida ishlay boshladi. Bu haqda Reuters xabar bermoqda.

Ichki ishlar vaziri Nensi Fezerning aytishicha, hukumat shuningdek, davlat boshpana tizimini takomillashtirish va fuqarolik muhofazasiga sarflanadigan xarajatlarni oshirishni ko‘rib chiqmoqda. Shu bilan birga, tibbiy asbob-uskunalar, himoya kiyimlari va dori-darmonlar zaxiralari yaratiladi.

Fezerning so‘zlariga ko‘ra, hozir Germaniyada 599 ta boshpana mavjud. Ularni demontaj qilish allaqachon to‘xtatilgan va yaqin kelajakda hukumat ko‘proq bunkerlarni yangilashni ko‘rib chiqadi.

Germaniya yer osti avtoturargohlari, metro stansiyalari va yerto‘lalarni boshpana sifatida xizmat qilishi uchun mustahkamlash bo‘yicha yangi konsepsiyalar ustida ishlamoqda, dedi u. Bundan tashqari, hukumat yangi sirenalarni o‘rnatish uchun federal shtatlarga allaqachon 88 million yevro ajratgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!