Gennadiy Golovkin Qozog‘iston Olimpiya qo‘mitasi prezidenti bo‘ldi

Gennadiy Golovkin Qozog‘iston Olimpiya qo‘mitasi prezidenti bo‘ldi

Qozog‘istonlik taniqli bokschi Gennadiy Golovkin o‘z mamlakatining Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti etib saylandi.

U bugun o‘tkazilgan Bosh assambleyada mazkur lavozimga saylandi.

Bu lavozimda 2015 yildan beri Timur Kulibayev ishlab kelayotgandi.

Ma’lumot uchun, Gennadiy Golovkin 1983 yilda Karagandada tug‘ilgan. Olimpiya o‘yinlari kumush medali sohibi (2004), jahon chempioni (2003). Professional boksda ham IBF, WBA va IBO kamarlari sohibi bo‘lgan.

Gennadiy Golovkin 2005 yildan buyon professional boksda 45 ta jang o‘tkazgan.

U 37 uchrashuvni nokaut bilan yakunladi, bitta jangda durang qayd etdi va ikkita tangda ochkolar hisobida mag‘lub bo‘ldi.

U professional boksdagi debyutini 2006 yilning may oyida Gabor Balogga qarshi o‘tkazib, raqibini birinchi raundda nokautga uchratdi. Shundan so‘ng Genaning yulduzli lahzalari tug‘ildi.

O‘rta vazn toifasida WBA chempionlik kamarini 8 marta, o‘rta vazn toifasida IBO chempionligini 5 marta himoya qilgan. Shuningdek, u o‘rta vazn toifasida nokaut bo‘yicha 89 foizlik ulushi bilan professional boks tarixida birinchi o‘rinni egalladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!