«Gazprom» Xitoyga gaz berishni to‘xtatdi

«Gazprom» Xitoyga gaz berishni to‘xtatdi

Rus kompaniyasi ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida Xitoyga gaz berishni vaqtincha to‘xtatgani haqida xabar tarqatdi.

“22-29 sentyabr kunlari “Sibir quvvati” gaz quvurida rejalashtirilgan profilaktika ishlari amalga oshiriladi. Bu muddatga gaz tashish vaqtincha to‘xtatiladi”, deb xabar berdi Rossiyaning “Gazprom” xoldingi o‘zining Telegram’dagi sahifasida.

"Gazprom" va Xitoyning CNPC kompaniyasi o‘rtasidagi Sharqiy yo‘nalish bo‘yicha gazni sotib olish va sotish shartnomasiga muvofiq, "Sibir qudrati" gaz quvuri uskunalari va tizimlariga yiliga ikki marta: bahor va kuzda profilaktik xizmat ko‘rsatish amalga oshiriladi, deyiladi kompaniya xabarida.

Eslatib o‘tamiz, «Gazprom» va CNPC (Xitoy milliy neft korporasiyasi) o‘rtasidagi ikki tomonlama uzoq muddatli shartnoma bo‘yicha Sibir qudrati gaz quvuri orqali Xitoyga gaz eksporti 10 sentyabr kuni kunlik eksport hajmi bo‘yicha yangi tarixiy rekord o‘rnatilgan edi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!