Gazprom orqali Rossiya juda katta zararga kirishi kutilmoqda

Gazprom orqali Rossiya juda katta zararga kirishi kutilmoqda

Ukrainaning Rossiyaga hujumi tufayli Yevropaga gaz yetib bormay qolishi mumkin. Yevropa bunga varaintlar tayyorlab qo‘yganmi?

Slovakiya gaz yetkazib beruvchisi SPP'ning aytishicha, Yevropa gaz xaridorlari konsorsiumi tranzit shartnomasi muddati tugagach, Rossiya-Ukraina chegarasida gazni o‘z qo‘liga olishi mumkin, ammo bu qanday sodir bo‘lishi noma’lum.

Yana bir variant - Gazprom gazning bir qismini boshqa yo‘nalish orqali, masalan, Turk oqimi, Bolgariya, Serbiya yoki Vengriya orqali yetkazib beradi. Biroq, bu yo‘nalishlar orqali o‘tish imkoniyati cheklangan, dedi SPP Reuters agentligiga.

Evropa Ittifoqi va Ukraina, shuningdek, Ozarbayjondan Rossiya bilan gaz tranziti bo‘yicha kelishuv muzokaralariga ko‘maklashishni so‘radi, dedi Reuters agentligiga Ozarbayjon prezidenti maslahatchisi, lekin u qo‘shimcha ma’lumot berishdan bosh tortdi.

Evropa Ittifoqi gaz importini diversifikasiya qilishga harakat qilmoqda va 2027 yilga borib Ozarbayjon gazi importini ikki barobarga, yiliga kamida 20 milliard kubometrga yetkazish bo‘yicha kelishuv imzoladi, biroq maslahatchi buni amalga oshirish uchun infratuzilma va moliya hali ham mavjud emasligini aytdi.

Biroq, Ozarbayjonning ichki iste’moli o‘sishi kutilayotgan bir paytda, Energy Aspects tahlilchilari qo‘shimcha eksport uchun bor-yo‘g‘i 1,7 mlrd. kubometr gazni ko‘rayotganini va Yevropaga gaz yetkazib berish uchun zaxira quvvati kamligini aytadi.

GAZPROM QANCHA DAROMADAN YO‘QOTADI?

2025 yilda Yevropaga gazning har 1000 kub metri uchun o‘rtacha narxi 320 dollar bo‘lishi kutilayotganiga ko‘ra, eksport to‘xtatilsa, Rossiya yiliga 4,5 milliard dollar yo‘qotishi mumkin.

Gazprom ma’lumotlariga ko‘ra, uning Ukraina orqali Yevropaga bir kunlik eksporti hozirda 40 million kub metrdan oshadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!