G‘azodagi Emel kasalxonasida uch nafar bemor Isroil tibbiy yordamga ruxsat bermagani uchun vafot etdi

G‘azodagi Emel kasalxonasida uch nafar bemor Isroil tibbiy yordamga ruxsat bermagani uchun vafot etdi

G‘azo sektori janubidagi Xon Yunus shahridagi Emel kasalxonasida uch nafar bemor Isroil kislorod ballonlarini o‘tkazishga ruxsat bermagani sababli vafot etdi.

Falastin Qizil Yarim Oy jamiyati ma’lumotlariga ko‘ra, 21 kundan beri qamalda bo‘lgan kasalxonaga taxminan bir haftadan beri kislorod ballonlari kelmadi.

Harbiylar tibbiy asbob-uskunalarga zarar yetkazgan, shifokorlarga hujum qilgan va keyinroq 9 kishini hibsga olgan, deyiladi xabarda.

Kasalxonada boshpana olayotgan 7000 kishidan 40 nafari hali ham binoda va omon qolish uchun kurashmoqda, dedi Qizil Yarim oy.

Harbiylar doimiy ravishda binoga qarata o‘t ochadi va odamlarning harakatlanishiga to‘sqinlik qiladi, shuningdek, tibbiy yordam o‘tishiga yo‘l qo‘ymaydi, deya ta’kidladi gumanitar tashkilot.

Bir kun avval Falastin Qizil Yarim Oy jamiyati Isroil harbiylari Emel kasalxonasi rahbariyatining tez yordam mashinalari va avtomashinalari kalitlarini «o‘g‘irlagani» haqida xabar bergan edi. Bir kun avval 17 kishi, jumladan, sakkiz nafar shifokor o‘g‘irlab ketilgani xabar qilingandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!