Gavayidagi Kilauea vulqoni yana otildi

Gavayidagi Kilauea vulqoni yana otildi

AQSh Geologik xizmati (USGS) ma’lumotlariga ko‘ra, Gavayida uch oylik tanaffusdan so‘ng Kilauea vulqonining otilishi qayta boshlandi.

«AQSh Geologik xizmatining Gavayi vulqonlari observatoriyasi (HVO) mahalliy vaqt bilan soat 04:44 da Kilauea cho‘qqisida yoriqlar qayd etdi. Bu Gavayi vulqonlari milliy bog‘idagi Kilauea Xalemaumau sammitidagi vulqon kraterida otilish boshlanganini bildiradi», - deyiladi xabarda.

Kilauea - Gavayi orolidagi faol «kaldera qalqon vulqoni». U dengiz sathidan 1243 metr balandlikda, uning asosi Tinch okeanining tubiga taxminan 5,5 kilometr chuqurlikda joylashgan. Vulqonda ko‘plab yon kraterlar va lava oqimlari bo‘lgan bir nechta parazit shlakli konuslar mavjud.

Asosiy xavf - katta miqdordagi vulqon gazi, Kilauea otilishi paytida doimiy ravishda ajralib chiqadigan o‘ta qizib ketgan suv bug‘lari, karbonat angidrid va oltingugurt dioksidi oqimi.

Joriy yil fevral oyi o‘rtalarida Gavayi oroli janubida ro‘y bergan zilziladan so‘ng Kilauea vulqonining faolligi qayta tiklandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!