G‘arbiy Sohildagi "Balata" lagerining Isroil tomonidan o‘qqa tutilishi oqibatida besh kishi halok bo‘ldi

G‘arbiy Sohildagi "Balata" lagerining Isroil tomonidan o‘qqa tutilishi oqibatida besh kishi halok bo‘ldi

Isroil armiyasining ishg‘ol ostidagi G‘arbiy Sohildagi Nablus shahridagi "Balata" qochqinlar lagerini o‘qqa tutishi oqibatida 5 nafar falastinlik halok bo‘ldi, 2 nafari yaralandi.

Falastin davlat televideniyesi va WAFA axborot agentligining xabar berishicha, Isroil armiyasi "Balata" qochqinlar lageridagi Fath harakati qarorgohiga zirhli texnikalar yordamida hujum uyushtirgan.

Hujum qilingan binoda yong‘in chiqib, jiddiy moddiy zarar yetkazgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!