Gana bosh murabbiyi Ronaldu haqidagi so‘zlari uchun uzr so‘radi

Gana bosh murabbiyi Ronaldu haqidagi so‘zlari uchun uzr so‘radi

Gana milliy jamoasi bosh murabbiyi Otto Addo Portugaliyaga qarshi o‘yindan (2:3) keyin bildirgan fikri uchun uzr so‘radi.

Gana 1-turda portugallarga 2:3 hisobida mag‘lub bo‘lgach, Otto Addo «Portugaliyani tabriklayman. Hakamlar Ronalduga yaxshi sovg‘a hozirlashdi», - deya fikr bildirgan edi.

«Fursatdan foydalanib, o‘tgan o‘yindagi alamli mag‘lubiyatdan keyin bildirgan fikrim uchun uzr so‘rayman.

Qo‘pollashishni istamagandim, ammo matbuot anjumanidagi fikrlarim baribir qo‘polroq chiqdi. Chunki o‘yindan so‘ng juda ham xafa edim va hissiyotlarga berildim. Umid qilamanki, buning uchun meni jarimaga tortishmaydi», - deydi murabbiy.

Eslatib o‘tamiz, Portugaliya – Gana o‘yinida bosh hakam Ronaldu yiqilgan vaziyatda 11 metrlik nuqtani ko‘rsatgach, Krishtianu 5ta JChda gol urgan tarixdagi birinchi o‘yinchiga aylangan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!