FXX terrorchilarni moliyalashtirgan 14 kishini qo‘lga oldi

FXX terrorchilarni moliyalashtirgan 14 kishini qo‘lga oldi

FXX RFning yettita hududida "Hayyat Tahrir ash-Shom” terrorchilik guruhini moliyalashtirish bilan shug‘ullangan 14 kishini hibsga oldi.
"FXX Moskva, Dog‘iston Respublikasi, Xabarovsk o‘lkasi, Kurgan, Penza, Ulyanovsk va Samara viloyatlarida Rossiyada taqiqlangan Suriya Arab Respublikasida faoliyat ko‘rsatuvchi "Hayyat Tahrir ash-Shom” xalqaro terroristik tashkilotini moliyalashtirish bilan shug‘ullangan 14 kishini hibsga oldi", - deyilgan xabarda.
Huquq-tartibot organ xodimlari jangarilarni moliyalashtirishda ishtirok etgan shaxslarni aniqladi, tintuvlar chog‘ida aloqa vositalari, to‘lov vositalari, shuningdek diniy ekstremistik adabiyotlar olib qo‘yildi.
Ta’kidlanishicha, hibsga olingan besh kishiga nisbatan terrorizmga yordam berish bo‘yicha jinoyat ishlari ochildi.
"Hayyat Tahrir ash-Shom”-Suriyadagi fuqarolar urushida qatnashgan radikal islomiy guruhlardan biri. U 2017 yilda "Jabhat Fath ash-Shom” (Jabhat an-Nusra) bazasida yaratilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!