Futzal. O‘zbekiston terma jamoasi ikkinchi turda Tojikiston ustidan g‘alaba qozonib, muddatidan avval keyingi bosqichga chiqdi

Futzal. O‘zbekiston terma jamoasi ikkinchi turda Tojikiston ustidan g‘alaba qozonib, muddatidan avval keyingi bosqichga chiqdi

Tojikiston va O‘zbekiston futzal terma jamoalari o‘rtasidagi Osiyo kubogi guruh bosqchi 2-turidan o‘rin olgan uchrashuvda vakillarimiz 3:2 hisobida g‘alaba qozondi.

Hamyurtlarimizdan Elbek To‘lqinov, Husniddin Nishonov va Anasxon Rahmatov gol urgan bo‘lsa, Tojikiston termasidan Faizali Sardorov dubl qayd etdi.

Guruhimizning yana bir bahsida Bahrayn Turkmaniston bilan 4:4 o‘ynadi.

Osiyo kubogi. 2-tur

Tojikiston 2:3 O‘zbekiston

Gollar: Faizali Sardorov (4), Faizali Sardorov (38) — Elbek To‘lqinov (3), Husniddin Nishonov (7), Anasxon Rahmatov (19)


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!