Futbol. O‘zbekiston Superligasining 10-tur o‘yinlari yakunlandi

Futbol. O‘zbekiston Superligasining 10-tur o‘yinlari yakunlandi

Bugun futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 10-tur o‘yinlari o‘z yakuniga yetdi.

Ushbu turda Farg‘onaning "Neftchi" jamoasi o‘z maydonida Bekobodning "Metallurg" jamoasini 3:0 hisobida yenggan bo‘lsa, kecha "Lokomotiv" o‘z maydonida mamlakatning amaldagi chempioni - "Paxtakor"ni 0:2 hisobida yutqazib qo‘ydi.

"Qizilqum" futbolchilari Termizning "Surxon" jamoasini 2:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi, "Dinamo" esa Samarqandda Mirjalol Qosimov boshchiligidagi AGMK jamoasiga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi.

Bugun yaqindagina yangi bosh murabbiyni tayinlagan "Bunyodkor" Toshkentning "Nasaf" futbolchilarini qabul qilib, yirik - 1:4 hisobida yutqazgan bo‘lsa, "So‘g‘diyona" Jizzaxda "Qo‘qon-1912" jamoasini yirik hisobda mag‘lubiyatga uchratdi - 3:0.

Shu tariqa, Superliganing 10-tur o‘yinlari o‘z yakuniga yetdi.

Futbol. O‘zbekiston Superligasining 10-tur o‘yinlari yakunlandiFutbol. O‘zbekiston Superligasining 10-tur o‘yinlari yakunlandi


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!