Futbol: Islandiya chempionati koronavirus tufayli muddatidan avval yakunlandi

Futbol: Islandiya chempionati koronavirus tufayli muddatidan avval yakunlandi

Futbol bo‘yicha Islandiya chempionati va mamlakat kubogi koronavirus pandemiyasi tufayli muddatidan oldin yakunlandi. Bu haqda Islandiya futbol assosiasiyasi rasmiy saytida xabar berildi.

Hozirga qadar Islandiya chempionatida 22 ta turdan 18 ta tur o‘yinlari bo‘lib o‘tgandi. Qayd etilishicha, jamoalarning yakuniy o‘rinlari musobaqa to‘xtatilgan holat bo‘yicha hisobga olinadi. Bu jamoalarning Yevrokuboklardagi ishtirokini taqsimlash imkonini beradi.

18-turdan so‘ng «Valyur» Islandiya chempionati turnir jadvalida 44 ochko bilan peshqadamlik qilayotgan bo‘lsa, 2-o‘rindan 36 ochko bilan «Habnarfyordyur» joy olgan. Kuchli uchlikni esa «Breydablik» yakunlab bergan (31).

Oxirgi pog‘onalardan esa «Grotta» (8) va «Folnir» (6) jamoalari o‘rin olgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!