Fuqarolarning pasportlari bilan IMEI-kodlarni noqonuniy rasmiylashtirgan guruh ushlandi

Fuqarolarning pasportlari bilan IMEI-kodlarni noqonuniy rasmiylashtirgan guruh ushlandi

O‘zbekiston IIV Kiberxavfsizlik markazi mobil qurilmalarning IMEI-kodlarini noqonuniy ravishda ro‘yxatdan o‘tkazish bilan shug‘ullangan jinoiy guruh faoliyatiga chek qo‘yilganini ma’lum qildi.

Markaz ma’lumotlariga ko‘ra, olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlar davomida, bir qator fuqarolar shaxsga doir qonun hujjatlarini buzgan holda mobil qurilmalarni IMEI-kodlarini noqonuniy ravishda ro‘yxatdan o‘tkazish bilan shug‘ullanib kelayotganligi to‘g‘risida ma’lumot olingan.

Ma’lumotlarni tekshirish davomida, fuqaro I. S., M. SH., Q. J. va boshqalar oldindan til biriktirib, bir guruh bo‘lib, Respublikaning turli hududlarida istiqomat qiluvchi 175 nafar shaxsning fuqarolik pasporti nusxalarini turli xil aldov yo‘llari bilan qo‘lga kiritib, ulardan foydalangan holda O‘zbekiston hududiga noqonuniy ravishda olib kirilgan mobil qurilmalarning IMEI-kodini ro‘yxatdan o‘tkazganligi aniqlangan.

Hozirda I. S., M. SH., Q. J. va boshqalarga nisbatan Jinoyat kodeksining 141prim2-moddasi 2-qismi «a,b» bandlari (bir guruh shaxslar tomonidan oldindan til biriktirib/takroran yoki xavfli residivist tomonidan shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!