Fransiyadagi o‘q-dori ishlab chiqaradigan zavodda portlash sodir bo‘ldi

Fransiyadagi o‘q-dori ishlab chiqaradigan zavodda portlash sodir bo‘ldi

Portlash kuppa-kunduzi Yangi Akvitaniya hududining Dordon departamentiga qarashli Berjerak shahrida sodir bo‘ldi, deyiladi BFMTV telekanali tarqatgan xabarda.

Xabarda aytilishicha, portlash jangovar o‘q–dori ishlab chiqaruvchi Eurenco kompaniyasiga tegishli Manuco zavodida sodir bo‘ldi. Mazkur zavod maxsus qo‘riqlanadigan ob’ektlardan hisoblanib, unda 80 kishi ishlaydi.

"Voqea joyiga polisiya va yong‘in o‘chirish xizmati jo‘nab ketgan; jarohatlanganlar bor", - deyiladi xabarda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!