Fransiyada yirik ish tashlash: Parij ko‘chalarida 9 tonnaga yaqin ahlat to‘planib qoldi

Fransiyada yirik ish tashlash: Parij ko‘chalarida 9 tonnaga yaqin ahlat to‘planib qoldi

Taxminan ikki haftadan beri Fransiyada pensiya islohotiga qarshi namoyishlar davom etmoqda. Birinchi kuni ularga bir yarim millionga yaqin odam qo‘shildi. Bu ish tashlash so‘nggi o‘n yillikdagi eng yirik ish tashlashlardan biri hisoblanadi.

Hukumat pensiya yoshini 62 dan 64 ga oshirishni rejalashtirmoqda. Ommaviy ish tashlashlarga qaramay, 9 mart kuni Fransiya Senati pensiya yoshini oshirishga ovoz berdi.

Fransiyaning kommunal xizmatlari ham umummilliy ish tashlashga qo‘shildi. Ikki hafta davomida Parij ko‘chalarida to‘qqiz tonnaga yaqin chiqindi to‘planib qolgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!