Fransiyada yangi jazirama to‘lqini kuzatilmoqda

Fransiyada yangi jazirama to‘lqini kuzatilmoqda

Fransiyaning “Meteo-France” milliy meteorologiya xizmati dushanbadan boshlab Fransiyada kuzatiladigan anomal issiqlikning uchinchi to‘lqini tufayli yuqori yong‘in xavfi haqida ogohlantirdi.

Meteo-France dushanbadan boshlab butun mamlakat bo‘ylab havo harorati me’yordan oshishini bashorat qilmoqda. Ko‘p joylarda 35 darajadan oshadi. Mamlakatning janubi-g‘arbiy qismida havo harorati 39 darajaga yetishi mumkin.

Yakshanba kunidan boshlab, mamlakatning O‘rta yer dengizi zonasida (Oksitaniya, Provans va Korsikada) mavsumiy shamollar tufayli ba’zi joylarda kamida 37 darajaga etgan haroratlarda yong‘inlar xavfi juda yuqori bo‘lishi bashorat qilingan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!