Fransiyada elektron sigaret chekish taqiqlanadi

Fransiyada elektron sigaret chekish taqiqlanadi

Fransiya tez orada bir martalik elektron sigaretlarni taqiqlaydi, deb xabar beradi Le Monde nashri.

Fransiya Bosh vaziri Elizabet Born RTL radiosida nutq so‘zladi va mamlakat bir martalik veypni taqiqlashni rjalashtirayotganini ma’lum qildi.

Uning fikricha, elektron sigaretalar yoshlarni zararli odatlarga moyil qiladi.

Born mamlakatning chekishga qarshi milliy rejasi doirasida joriy qilinadigan taqiq qachon kuchga kirishiga aniqlik kiritmadi.

U fransuz hukumati yaqinda tamakiga qarshi kurashning yangi rejasini taqdim etishini ma’lum qildi.

Born ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda har yili 75 ming kishi chekish tufayli vafot etadi.

Ushbu reja yoshlarni yomon odatlarga moyil qiladigan bir martalik veyplarni taqiqlashga qaratilgan.

«Bu refleks va harakat, yoshlar bunga tez moslashadi. Chekish shu yerda boshlanadi», – deya qo‘shimcha qildi u.

Bir martali ishlatiladigan elektron sigaretlarning ko‘pchiligida pushti limonad, marmelad yoki tarvuz kabi yoshlar yaxshi ko‘radigan shirin va mevali ta’mi mavjud.

Fransiyada veyp narxi odatda 8 yevro (8,7 AQSh dollari) va 12 yevro (13 AQSh dollari) orasida.

Hozirda Fransiyada 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarga elektron sigaret sotishni taqiqlovchi qonun bor, biroq u amalda qo‘llanilmaydi.

Bu mamlakatda tamaki targ‘iboti va hatto reklamasi ham cheklangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!