Fransiya sobiq prezidentining nabirasi Rossiya fuqaroligini olmoqchi

Beshinchi Fransiya respublikasi asoschisi va birinchi prezidenti Sharl de Gollning nabirasi Pyer de Goll Rossiya fuqaroligini olish u uchun sharaf bo‘lgan bo‘lishi mumkinligini aytdi.
“Rossiya fuqaroligini olish men uchun sharaf bo‘lgan bo‘lardi. Mamlakatingiz katta imkoniyatlar taklif qilmoqda. Men sizning teran va qudratli madaniyatingiz, intellektingiz va rus ruhingizni yaxshi ko‘raman”, - dedi Goll Peterburgdagi forum chog‘ida.
General Sharl de Goll fransuz siyosat va davlat arbobi. 1959-1969 yillarda Fransiya prezidenti bo‘lgan.
Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)