Fransiya 2024 yil boshigacha Kiyev bilan bog‘liq masalani hal etmoqchi

Fransiya 2024 yil boshigacha Kiyev bilan bog‘liq masalani hal etmoqchi

Fransiya 2024 yil boshiga qadar Ukrainaga xavfsizlik kafolatlarini berish bo‘yicha muzokaralarni yakunlashga umid qilmoqda, dedi Fransiya TIV matbuot kotibi Ann-Kler Lejandr.

“Biz ukrainalik hamkorlarimiz bilan xavfsizlik kafolatlari bo‘yicha shartnomalar tayyorlashni davom ettirmoqdamiz, shunda bunday kelishuv shu yil oxiri yoki kelasi yil boshida tuziladi”, — deya uning so‘zlaridan iqtibos keltiradi TASS.

AQShning NATOdagi sobiq doimiy vakili Ivo Daalder avvalroq G‘arbni yo‘qotilgan hududlarni Ukrainaga harbiy yo‘l bilan qaytarish strategiyasidan voz kechib, Kiyev uchun xavfsizlik kafolatlarini ta’minlashga e’tibor qaratishga chaqirgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!