FOTO. Shavkat Mirziyoyev Germaniya prezidenti bilan

FOTO. Shavkat Mirziyoyev Germaniya prezidenti bilan

Belvyu saroyida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni Germaniya Federativ Respublikasi Prezidenti Frank-Valter Shtaynmayer kutib oldi, deb xabar qilmoqda prezident matbuot xizmati.

Belvyu saroyida oliy martabali mehmonni rasmiy kutib olish marosimi bo‘ldi. Prezident sharafiga faxriy qorovul saf tortdi. O‘zbekiston va Germaniya davlat madhiyalari yangradi.

Muzokara avvalida Shavkat Mirziyoyev Frank-Valter Shtaynmayerni joriy yilning may oyida nishonlanadigan Germaniya Federativ Respublikasi tashkil topganining 70 yilligi bilan tabrikladi.

Germaniyada davom etayotgan tashrif davomida Shavkat Mirziyoyev kansler Angela Merkel hamda bundestag rahbari Volfgang Shoyble bilan uchrashuvlar o‘tkazishi rejalashtirilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!