Foto: Putinning sovet davridagi tashrif qog‘ozi sotuvga qo‘yildi. Narxi...

Foto: Putinning sovet davridagi tashrif qog‘ozi sotuvga qo‘yildi. Narxi...

Rossiya prezidenti Vladimir Putinning eski tashrif qog‘ozi 650 ming rubl narxda sotuvga qo‘yildi. Ushbu e’lon Yula platformasida tarqatilgan.

Oq rangli tashrif qog‘ozida Putinning 1990 yildan 1991 yilning iyunigacha bo‘lgan xizmat vazifasi qayd etilgan - Leningrad shahar Xalq deputatlari kengashining xalqaro munosabatlar bo‘yicha maslahatchisi.

Tashrif qog‘ozida xizmat vazifasining ostiga Rossiyaning bo‘lajak prezidenti faoliyat ko‘rsatgan tashkilotning telefoni, faks va manzili qayd etilgan.

Mart oyida Yula platformasida rossiyalik kosmonavt Yuriy Usachevning orbitada kiygan kostyumi sotilgan edi.

lenta.ru


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!