Foto: Buxorolik yigit Prezident portaliga xat yubordi: "Habib bilan jang qilmoqchiman"

Foto: Buxorolik yigit Prezident portaliga xat yubordi: "Habib bilan jang qilmoqchiman"

O‘zbekistonlik fuqaro O‘. O‘rinov UFC’ning engil vazndagi chempioni Habib Nurmagomedov bilan jang tashkil etib berilishini so‘rab, prezident portaliga murojaat qildi.

Foto: Telegram

O‘rinovning Prezident ishonch telefoniga yo‘llagan murojaati aks etgan hujjat ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.

"Daryo"ning yozishicha, «Men Habib Nurmagomedov bilan jang qilmoqchiman. Bu masalada hech qayerga murojaat qilmadim. Iltimos, menga shu  imkoniyatni yaratib berishlarini so‘rayman. Habib kamarini halollab olsin. Meni ham, Habibni ham tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishlarini so‘rayman», — deyiladi murojaatda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!