Fojia! Ayol bo‘lishni istayotgan o‘zbek erkaklari

A A A
Fojia! Ayol bo‘lishni istayotgan o‘zbek erkaklari

Mard va jasur, g‘ujurli (yuragida o‘ti bor, bir ishga jazm qila oladigan) Movarounnahr erkaklarini dunyoga tanitgan sifatlaridan biri bu – Oriyatdir. Million yildan beri quyosh Sharqdan chiqqani kabi shuncha yilki sharq erkaklarining hamiyati, or nomusi tillarda doston bo‘lib kelmoqda. Ammo...

         Ayni kunlarda, internet tarmog‘ida aylanayotgan bir videolavha hammani diqqat e’tiborini tortdi – “Kuyov salom”.  

Alloh taola erkaklarni ulug‘lab, ularga xoslangan ba’zi oyatlarni ham nozil qilgan. Jumladan, “Niso” surasining 34-oyatida shunday marhamat qiladi:

         “Alloh ba’zilarini ba’zilaridan ustun qilgani va mollaridan sarflaganlari uchun erkaklar ayollarga rahbardirlar”.

Oila rahbarligi bobida Alloh erkakni ayoldan afzal qilib yaratibdi. Darhaqiqat, erkak kishi o‘zining jismoniy tuzilishi, ichki va tashqi qiyofasi, asabiy, ruhiy nafsoniy va boshqa jihatlaridan oila rahbari bo‘lishga mos yaratilgan. Buning ustiga, oilani qurish va uni tutib turish, bu yo‘ldagi barcha harakatlar ham erkak kishi zimmasida. Xo‘sh, bugun hatto kelinlarga ulamolar tomonidan man etilib, qaytarilgan to‘ydagi egilib salom berishni, Alloh “rahbar qilib qo‘ydim” degan erkak o‘ziga ravo ko‘rib, suzilib, yetti bukilib, mehr bilan qilayotgan bu sharmandali egilishlari, musulmonlar uchun musibat emasmi? Albatta, musibat. Keling, mazkur holatni quyidagi tamoyillar asosida sharhlaymiz:

 

  1. To‘ylardagi egilib salom berish.

Avvalo, shariatimiz qo‘l berib ko‘rishishga ruxsat bergan. Alloh taoloning ibodatini qilayotgan holatdagi ko‘rinishlardan: ruku’, sajda kabi harakatlarni Alloh taolodan o‘zgalar oldida qilishdan qaytargan. 

Muhammad Shafi’ Usmoniy rohimahulloh  “Ahkamul Qur’an” kitobidagi salom berish vaqtidagi egilishning hukmi to‘g‘risida kelgan faslda shunday deydi: 

“Salom berayotgan vaqtda egilib salom berishdan qaytarilgan. Sahobalar Nabiy sollallohu alayhi vasallamdan: “Kishi birodariga yo‘liqqanda (salomlashish uchun) unga egilsa bo‘ladimi?” deb so‘radilar. Shunda u zot “Yo‘q” dedilar (“Majallatul buhusil islamiya”).

Demak, insonning insonga ikrom niyatida qilgan ta’zimi insonning Allohga qiladigan ibodat ta’zimi suratida bo‘lmasligi kerak. 

Hozirgi kunimizda ham o‘zbeklarning odatlariga qo‘shilib ketgan ba’zi bir urflar bor. Masalan, “kelin salom”dagi kelinning boshqalarga ta’zim qilishi ham xuddi namozda Alloh taologa ruku’ qiladigan darajada egilishga o‘xshaydi. Kelinning boshqalarga ta’zim shaklidagi salomi xalqimizning chiroyli va o‘ziga xos odatlaridan bo‘lsada, ta’zimda ruku’ darajasigacha egilmaslikka e’tibor qaratish, shart!

Aslida, kelin salomning o‘zi ham bid’atlardan biridir. Bu haqda fazilatli Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlari ham o‘zlarining “Zikr ahlidan so‘rang” kitoblarida shunday bayon qilganlar: “Hozirgi kundagi bizning urfimizga kirgan kelin salomlar harom amal hisoblanadi. Shunga majbur qilayotganlar haromga targ‘ib qilish va majbur qilish hisoblanadi. Gap bu yerda salom berishda emas, balki Allohga ruku’ qilgandek bandalarga ruku’ qilishda. Alloh bandalarini O‘ziga ibodat deb belgilagan ishlarni masalan sajda, qurbonlik va hokazolarni bandalari uchun qilishni harom qilgan. Vallohu a’lam!”

Demak, xoh ayol, xoh erkak bo‘lsin insonning nafaqat to‘yda balki, hayotiy faoliyat davomida ham o‘zgalarga ta’zim qilib salom berishi mutlaqo mumkin emas.

  1. Ayolshoda erkaklar  

Ibn Abbos roziyallohu anhumo aytadilar: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ayollarga taqlid qiluvchi erkaklarni va erkaklarga taqlid qiluvchi ayollarni la’natladilar» (Buxoriy, Abu Dovud rivoyati).

Xo‘sh, “kuyov salom”lardagi erkaklar o‘zlarini ayollarga o‘xshatishmayaptimi? Axir, noto‘g‘ri bo‘lsada bugungacha faqat kelin salomlarnigina guvohi bo‘lar edik-ku. Bu shovvozlar yangilik qilaman deb, bilib-bilmay Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning la’natlariga uchrab qolmayaptimikan? (Alloh asrasin).

 

  1. Ta’magir kuyov

Dinimizda oila rahbarligi Alloh tomonidan erkak kishi zimmasiga yuklatilgani haqida yuqorida ta’kidlab o‘tdik. Kuyov bo‘lmish nikohdan so‘ng ayoli va farzandlarining to‘liq moddiy-ma’naviy ta’minotiniqilishi shart. Shunday mas’uliyatni bo‘yniga oladigan yigitning to‘yi kuni qaynotasiga, qaynonasiga, amakisiga, tog‘asiga takror va takror to “sovg‘a” olmagunicha egilib-bukilib salom berishi ta’magirlikning o‘zginasi emasmi?! Bundaylarning kelajakda xotinga qaram bo‘lib, qaynotaning puliga ko‘z tikmasligiga kim kafolat beradi? (Afsuski, bugun shunaqa toifadagi “kuyov”lar ko‘payib ketdi). Qolaversa,  aqlli, es-hushi joyida ota-ona “kuyov salom” qilayotgan yigitga hurmat bilan qararmikan...

Bora-bora mazkur holat kuyov tomonning kelin tomon oldida beobro‘ bo‘lishiga olib kelishi tayin.

Afsus...

Nahotki, Buxoriy va Termiziylar yurtida or-nomusi o‘zidan ustun, iymoni jonidan aziz bo‘lgan musulmon, o‘zbek o‘g‘lonlari boshida do‘ppi bilan, qo‘li ko‘ksida, nozu-karashmalar ila “kuyov salom” qilib tursa.

Nahotki, yoshi bir joyga borgan, 3-4 ta bolaning otasi bo‘lgan erkak, “kuyov salom”ni xuddi kelin yangalardek kuylab tursa.

Nahotki, qadamidan o‘t chaqnaydigan nordek yigit kuyovning yonida “dugona”sini egiltirib-egiltirib salom qildirsa.

Nahotki, soqoli ko‘ksiga tegadigan otaxonlar esa bu holatdan mamnun va xursand bo‘lib “kuyov salom”larni qabul qilishsa.

Nahotki, mo‘min-musulmonlar, o‘zbekman deb ko‘ksiga urayotganlar ushbu andishasiz, uyatsizlarning qilayotgan behayoliklarini qaytarish o‘rniga, telefonlariga tasvirga olib, ijtimoiy tarmoqlar orqali butun dunyoga tarqatsa.

Nahotki, ota-ona farzandining bid’at va noto‘g‘ri amaliga rozi bo‘lsa.

Nahotki, muslima qizlar shunday yigitlarga hayotini, or-nomusini ishonib topshirsa.

Nahotki...

Hurmatli erkakligidan faxrlanadigan yigitlar! O‘zingizga berilgan martaba va darajani aslo balchiqqa bulg‘amang. Erkakligingizcha qoling! Nikohning ilk kunlaridanoq yangi kelin oldidagi hurmatingizni yo‘qotmang! O‘zingizga va ahlingizga musibatni “sotib olmang”!

Azizlar, mo‘min – mo‘minga oynadir. Musulmonlar bir-birlarining xatolarini to‘g‘irlamog‘i va adashganlarni to‘g‘ri yo‘lga boshlamog‘i lozim. Zero, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Biror nojo‘ya ish qilayotganni ko‘rsangiz, qo‘lingiz bilan qaytaring, bunga kuchingiz yetmasa, tilingiz bilan qaytaring. Bunga ham imkon topmasangiz, hech bo‘lmasa, ko‘nglingizda u ishga norozi bo‘ling, ana shu iymonning eng zaif darajasidir”, deganlar (Imom Buxoriy rivoyati).

Alloh taolo erkaklarni O‘zi rozi bo‘ladigan taqvo, shijoat va mardlik, ayollarni esa mo‘’tabar muslima holida bo‘lishligini nasib etsin! 

Saidabror Umarov

Manba: muslim.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!

Millioner! Husanov “Siti”da jami qancha maosh oladi?

Франциянинг L’Équipe спорт нашри Англия Премьер-лигасидаги энг юқори маош олувчи 5 нафар футболчидан иборат рейтингни эълон қилди.

Eron Trampning Ho‘rmuz bo‘g‘ozini ochish bo‘yicha ultimatumiga javob qaytardi

Эрон ҳукумати бўғоз фақат транзит йиғимларидан фойдаланилган ҳолда “янги ҳуқуқий режим” доирасида зарарлар қоплангандан кейингина очилишини маълум қилди.

Eron ulamolari Xomanaiydan atom bomba yasashga ruxsat berishni so‘radi

"Мавжуд таҳдидларга қарши қонуний ҳимоя заруратини ҳисобга олган ҳолда, аввалги баъзи фатволарни қайта кўриб чиқиш нафақат мумкин, балки баъзи ҳолларда зарур бўлиб туюлади, токи Ислом тизими душман фитналарига қарши максимал даражада тўхтатувчи ва хавфсизлик кафолатига эга бўлсин", - дейилади мурожаатда.

Eron Ho‘rmuz bo‘g‘ozining «kalitlarini yo‘qotib qo‘ydi»

Бу ҳақда Ислом Республикасининг Зимбабведаги элчихонаси маълум қилди.

Eron: "Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi tajovuzkor AQShning USS Abraham Lincoln aviatashuvchi kemasiga zarba berdi"

Бу ҳақда Эрон Ислом инқилоби қўриқчилари корпуси матбуот хизмати маълум қилди.

Eron havo mudofaasi tizimlari Isroil uchun ko‘rinmas bo‘lib qoldi

Бу ҳақда Исроил мудофаа ва хавфсизлик форуми раиси Амир Авиви маълум қилди.

Trampning bosimi ostida qolgan Saudiya Arabistoni shahzodasi Putin bilan suhbatlashdi

Бу ҳақда Россия ОАВлари Кремль матбуот хизматига таяниб хабар бермоқда.

Gari Nevill - Abduqodir Husanov haqida: «Hech qachon bunaqasini ko‘rmaganman»

Англиялик машҳур собиқ қанот ҳимоячиси, ҳозирда телеэксперт Гари Невилл "Манчестер Сити"нинг ўзбекистонлик марказий ҳимоячиси Абдуқодир Ҳусановни мақтади.

Shimoliy Koreya Erondan uzoqlashishni boshladi — razvedka

Жанубий Корея томонининг миллий разведка маълумотларига таяниб хабар беришича, Шимолий Корея давом этаётган можаро фонида Эрондан узоқлашишни бошлаган.

Buyuk Britaniyada 14 million dollarlik lotereya yutib olgan shaxs yutuqlarini qo‘lga kirita olmadi

Бу ҳақда ўйинни ўтказган миллий лотерея оператори Allwyn хабар берди.

Eronda bir baqqol do‘koni oynasida shunday yozuv ilgan:

«Бу хаёлий маҳсулот эмас. Агар эҳтиёжинг бўлса, ол — урушдан кейин тўлайсан.»

Qadr kechasi qaysi kunga to‘g‘ri keladi?

Рамазон ойининг охирги 10 кунлиги бошланди.

Eronda 19 yoshli sportchi dorga osib qatl etildi

19 ёшли Солиҳ Муҳаммадий — Эрон ёшлар терма жамоаси аъзоси ва 2024 йил халқаро мусобақалар совриндори — яна икки йигит билан бирга дорга осиб қатл этилди.

Erling Xoland o‘ziga yangi jamoa tanladi

Бу ҳақда Football365 портали журналистлари хабар бермоқда.

Eron musulmon davlatlariga chaqiriq bilan chiqdi

Эрон Олий Миллий Хавфсизлик Кенгаши котиби Али Ларижоний АҚШ ва Исроил ҳужуми бошланганидан бери ҳеч бир мусулмон давлати Эронга ёрдам бермаганини айтди.

Erondan keskin ogohlantirish: «AQSh o‘zining agressiv itni to‘xtata olmasa…»

Бу ҳақда Tasnim агентлиги манбага таяниб хабар берди.

Eron Ho‘rmuz bo‘g‘ozini yopdi — mintaqada keskinlik yanada kuchaymoqda

Бу ҳақда Fars ахборот агентлиги хабар берди.

Toshkentda talaba yigit 9 nafar bolaga tazyiq o‘tkazib kelgani aniqlandi

Шунингдек, болалардан 6 нафари 2 ойдан 8 ойгача умумтаълим мактабидаги дарсларга бормаган, аксинча, мажбуран уйда сақланиб, ҳатто уларга кўчага чиқишга ҳам рухсат берилмаган.

Amerikaning GBU-39 SDB bombasi Eron harbiylari qo‘liga tushdi

Tasnim агентлиги хабарига кўра, Эроннинг Лористон вилоятида Американинг портламай қолган GBU-39 SDB бомбаси шикастланмаган ҳолда мамлакат қуролли кучлари ихтиёрига ўтган.

AQSh va Eron o‘rtasidagi sulh fonida Saudiya Arabistonidagi asosiy neft quvuriga hujum qilindi — Financial Times

"Зарба Ҳўрмуз бўғозини айланиб ўтувчи асосий нефт экспорти йўналишига айланган “Шарқ-Ғарб” қувуридаги насос станциясига берилди", дея хабар бермоқда нашр.

Ekologik ta’lim bog‘chalardan boshlanmoqda

Наманганда Экология ва иқлим ўзгариши миллий қўмитаси, Республика “Ёш экологлар” ҳаракати Кенгаши, вилоят Экология ва иқлим ўзгариши бош бошқармаси ҳамда вилоят “Ёш экологлар” ҳаракати Кенгаши томонидан “Жажжи экологлар” лойиҳасига старт берилди.

Hindiston chegarani qo‘riqlashda timsoh va zaharli ilonlardan foydalanmoqchi

Ҳиндистон расмийлари ноқонуний мигрантлар оқимини тўхтатиш учун Бангладеш билан чегаранинг бориш қийин бўлган қисмларини ҳимоя қилиш учун «биологик тўсиқ»дан фойдаланишни кўриб чиқмоқда.

Xitoy vositachiligida Afg‘oniston va Pokiston keskinlikni yumshatishga kelishdi

Хитой минтақада тинчлик ва барқарорликни таъминлаш учун мулоқот платформасини қўллаб-қувватлашини билдирди.

Saida Mirziyoyeva AQSh savdo vakili bilan uchrashdi

Суҳбат чоғида Америка–Ўзбекистон ишбилармонлик ва инвестиция кенгаши йиғилиши натижалари муҳокама қилинди, шунингдек, иқтисодий лойиҳалар портфели изчил кенгайиб бораётгани қайд этилди.

Rubio AQSh va Eron muzokaralaridan kutilayotgan natijalar haqida gapirdi

Бу ҳақда ТАСС хабар берди.

AQSh o‘z fuqarolarini uyda qolishga chaqirdi

Манамадаги АҚШ элчихонаси Байҳрайндаги барча америкаликларга Яқин Шарқдаги кескин вазият сабаб уйдан чиқмасликни тавсия қилди.

Tramp: soat 20:00 — hal qiluvchi nuqta bo‘lishi mumkin

Агар музокаралар силжимаса, соат 20:00 га келиб ҳужум бошланиши мумкин ва у аввал кўрилмаган даражада қаттиқ бўлади, деб хабар қилди Fox News журналисти Дональд Трамп сўзларига таяниб.

AQSH–Eron muzokaralaridagi asosiy muammo — ishonchsizlik

Сиёсатшунос Алмас Ҳайдар Нақвийнинг таъкидлашича, АҚШ ва Эрон ўртасидаги асосий тўсиқ — ўзаро ишончсизлик бўлиб, бу можарони ҳал қилишга жиддий халақит бермоқда.

Buyuk Britaniya Trampning Eron bo‘yicha tahdidlaridan xavotirda

Британиялик сиёсатчи Жим Фергюсон АҚШ президенти Дональд Трампнинг Эрон цивилизациясини йўқ қилиш ҳақидаги баёнотини кескин танқид қилди.

Ohangaronda bolaga kuch ishlatgan tarbiyachi ishdan bo‘shatildi

Тармоқда Оҳангарон шаҳридаги мактабгача таълим ташкилоти ходимининг тарбияланувчилардан бирига жисмоний куч ишлатгани тасвири тарқалди.

Tehron Tramp tahdididan so‘ng Vashington bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni to‘xtatdi

The Wall Street Journal хабарига кўра, Теҳрон АҚШ президенти Дональд Трампнинг “Эрондаги бутун цивилизацияни йўқ қилиш” ҳақидаги баёнотидан кейин Вашингтон билан тўғридан-тўғри мулоқотларни тўхтатган.

Isroilda 7 mingdan ortiq kishi jarohatlandi

Эрон зарбалари натижасида Исроилда 7 142 нафар киши жароҳат олгани маълум қилинди.

AQSh va Isroil Eronda maqsadlariga erisha olmadi

The Responsible Statecraft нашрига кўра, АҚШ ва Исроил Эронга қарши бошланган ҳарбий кампанияда кутилган натижаларга эриша олмаган.

Mariya Zaxarova Yaponiyani Ukraina mojarosiga aralashishda aybladi

Россия Ташқи ишлар вазирлиги вакили Мария Захарова Японияни Украинадаги можарога тобора кўпроқ аралашаётганликда айблади.

Donald Tramp: seshanba Eron bilan bitim uchun so‘nggi muddat bo‘lishi mumkin

АҚШ президенти Дональд Трамп Эрон билан келишувга эришиш учун сешанба куни сўнгги муддат бўлиши мумкинлигини билдирди.

Ispaniya aholisi Trampni tinchlik uchun Putindan ko‘ra kattaroq xavf deb bilishadi — El Pais

Нашр томонидан ўтказилган сўровномага кўра, испанлар тинчликка асосий хавф сифатида АҚШ президенти Доналд Трампни (81%) кўришади.

The Wall Street Journal: Ukraina urushda yangi strategiya izlayapti

Украинада уруш деярли тўрт йилга яқинлашар экан, Россиянинг секин, лекин доимий босими Киев позицияларини музокараларда заифлаштирмоқда.

AQSh Eronda o‘z “zaifligini” ko‘rsatdi

Беларусь президенти Александр Лукашенко АҚШнинг Эрондаги ҳаракатлари унинг “заифлигини” намоён этганини билдирди.

Saida Mirziyoyeva AQSh Prezidentining Janubiy va Markaziy Osiyo bo‘yicha maxsus vakili bilan uchrashdi

“Самимий меҳмондўстлик ва илиқ қабул учун чин дилдан миннатдорлик билдираман. Бўлиб ўтган мазмунли ва конструктив мулоқотни юксак қадрлайман ҳамда яқин кунларда Вашингтонда самарали учрашувлар ўтказилишига умид қиламан,” — дейди Саида Мирзиёева учрашув хусусида.

35 kg.dan ortiq narkotik moddalar kontrabandasiga chek qo‘yildi

Ҳозирда қонунбузарларга нисбатан Жиноят Кодексининг 223 ва 246-моддалари билан жиноят иши қўзғатилиб, “қамоқ” эҳтиёт чораси қўлланилди. Тергов ҳаракатлари олиб борилмоқда.