FlyDubai aviakompaniyasi Dubaydan Samarqandga muntazam qatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda

FlyDubai aviakompaniyasi Dubaydan Samarqandga muntazam qatnovlarni yo‘lga qo‘ymoqda

Xorijiy aviakompaniyalarni mamlakat aviasiya bozoriga jalb etish, yangi yo‘nalishlarda avivqatnovlarni yo‘lga qo‘yish orqali parvozlar geografiyasini kengaytirish, bu orqali mahalliy va xorijiy sayyohlarga qulaylik yaratish maqsadida olib borilyotgan sa’y-harakatlar natijasida nafaqat poytaxt Toshkent shahri, balki viloyat shaharlaridan ham xorijiy aviakompaniyalarni jalb etgan holda xalqaro yo‘nalishlarda muntazam parvozlar yo‘lga qo‘yilmoqda.

Xususan, joriy yilning 21 sentyabr kuni Samarqand xalqaro aeroportida FlyDubai aviakompaniyasining Dubay – Samarqand yo‘nalishida ilk qatnovni amalga oshruvchi havo kemasi tantanali ravishda kutib olinadi.

Aviakompaniya tomonidan Dubay – Samarqand – Dubay yo‘nalishda parvozlar haftaning chorshanba va shanba kunlari amalga oshiriladi. Ushbu yo‘nalishda muntzam aviaqatnovlarning yo‘lga qo‘yilishi Samarqand shahrining turizm salohiyatini rivojlantirishga munosib hissa qo‘shishi bilan ham ahamiyatlidir.

Eslatib o‘tamiz, bugungi kunda O‘zbekiston va BAA o‘rtasida muntazam aviaqatnovlar soni har ikki tomondan haftasiga jami 13 tani tashkil etmoqda. Parvozlar har ikki mamlakatning tayinlangan aviakompaniyalari Uzbekistan airways, Fly Dubai, Air Arabia tomonidan bajarilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!