Florida qirg‘oqlarida 40 ga yaqin odam qayiqda cho‘kib ketdi

Florida qirg‘oqlarida 40 ga yaqin odam qayiqda cho‘kib ketdi

Florida qirg‘oqlarida o‘nlab muhojirlar bo‘lgan qayiq cho‘kib ketdi. Qayiqda 39 kishi bo‘lgan, ular Bagama orollaridan AQShga kirishga harakat qilishgan. Hozircha tirik qolgan bir odam topildi, deb xabar berdi VVS.

Qayiq shanba kuni kechqurun cho‘kib ketgan. Seshanba kuni ertalab Fort-Pirs shahridan 72 kilometr uzoqlikda baliqchilar to‘ntarilgan qayiq korpusidan ushlab turgan odamni payqashdi.

U qutqarilgan. Uning aytishicha, qayiq shanba kuni Bimini orolini tark etib, bo‘ronga tushgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, qayiqda 39 kishi bo‘lgan, ularning hech birida qutqaruv jiletlari bo‘lmagan.

AQSh qirg‘oq qo‘riqlash xizmati qayiq egalari odamlarni noqonuniy olib o‘tgan deb hisoblamoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!