Finlyandiya prezidenti Niinistyo Ukraina Qurolli kuchlariga yana uchta Leopard 2 tankini yetkazib berishni ma’qulladi.

Finlyandiya prezidenti Niinistyo Ukraina Qurolli kuchlariga yana uchta Leopard 2 tankini yetkazib berishni ma’qulladi.

Finlyandiya prezidenti Sauli Niinistyo Kiyev uchun yangi, 14 yordam paketi doirasida Ukraina Qurolli kuchlariga yana uchta Leopard 2 tankini yetkazib berishni ma’qulladi.

Bu haqda Finlyandiya mudofaa vaziri Antti Kaykkonen matbuot anjumanida gapirdi.

“Respublika prezidenti Ukrainaga harbiy yordamning 14-paketini tasdiqladi. U uchta Leopard 2 tankini o‘z ichiga oladi”, — dedi Kaykkonen.

Shu bilan birga, YLE'ning aniqlik kiritishicha, Finlyandiya Leopard 2 tanki asosidagi uchta zirhli minadan tozalash mashinasini Kiyevga o‘tkazmoqda.Shuningdek, 161 million yevroga baholangan yordam paketiga og‘ir qurollar va o‘q-dorilar kiradi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!