FIFA Qatardagi stadionlarda spirtli ichimliklar savdosini taqiqladi

FIFA Qatardagi stadionlarda spirtli ichimliklar savdosini taqiqladi

FIFA Qatardagi jahon chempionati o‘yinlari davomida stadionlarda pivo sotilishi taqiqlanganini rasman tasdiqladi.

«Mezbon mamlakat hukumati bilan o‘tkazilgan muzokaralardan keyin FIFA spirtli ichimliklar savdosini fan-zona, muxlislar gavjum joylar va lisenziya asosida faoliyat yuritadigan ochiq maydonlarda tashkil etishga qaror qilindi. Stadionlardagi pivo sotish nuqtalari olib tashlanadi. Bu taqiq stadionlardagi alkogolsiz pivo sotuviga ta’sir qilmaydi», - deyiladi FIFA xabarida.

Ma’lumot uchun, Qatarda jamoat joylarida spirtli ichimliklar iste’mol qilish qat’iyan man etilgan. Faqat mehmonxonalarda alkogol mahsulotlari sotuviga ruxsat berilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!